Turkiya BMTni jiddiy inson haqlari poymollarini tadqiq qilishga chaqirdi.

Turkiya, Birlashgan millatlarga (BMT) terror tashkiloti PKKning Suriya davomi YPGning, bu o’lkadagi demografik  tuzilishni  o’zgartirish va o’lkani parchalash bilan jiddiy inson haqlari poymollarini tadqiq qilishga chaqirdi.

573061
Turkiya BMTni jiddiy inson haqlari poymollarini tadqiq qilishga chaqirdi.

Turkiya, Birlashgan millatlarga (BMT) terror tashkiloti PKKning Suriya davomi YPGning, bu o’lkadagi demografik  tuzilishni  o’zgartirish va o’lkani parchalash bilan jiddiy inson haqlari poymollarini tadqiq qilishga chaqirdi.

BMT Jeneva ofisida, BMT xalqaro mustaqil Suriya tadqiqot  komissiyasi rahbari Paulo Sergio Pinheiro, BMT inson haqlari kengashiga Suriyadagi inson haqlari bilan tegishli oxirgi hisobotni taqdim etgandan  so’ngra, Turkiyaning BMT Jeneva ofisi qoshidagi Doimiy namoyandasi Favqulodda va muxtor elchi Mehmet  Ferden  Charikchi ham   ma’ruza qildi.

Charikchi,

“ BMT komissiyasi hisobotida, Suriya rejimining ishlagan jinoyatlarni isbotlagan dalillar bor. Suriya rejimi  o’lkadagi barcha tinch aholini farqli  shaklda nishon olmoqda. BMT mushtarak  tadqiqot mexanizmi ham urush jinoyati va insoniyatga qarshi  dalil  tashkil etgan va o’lkada qullanilgan oxirgi  ximiyoviy  qurollarning javobgari ekanini tasdiq qildi. Rejim, ximiyaviy qurol ishlatgan DAESH bilan ayni  tushunchaga ega. DAESh, mintaqa va tashqarisiga jiddiy bir tahdid tashkil etmoqda” deb bildirdi.

Terror  tashkiloti PKKning  Suriyadagi  davom YPGning ham Suriyada inson haqlarini poymol qilganini ifoda etgan Charikchi,

“YPG, Suriyadagi jiddiy inson haqlari poymollarini, BMT komissiyasi tomonidan tafsilotli va ayri bir shaklda tergov qilinishi kerak dedi.

 YPG, Kurd siyosatchilarni olib qochish va demografik tuzilishni o’zgartirish faoliyatlari kabi tashabbuslar, Suriyaning parchalanishiga sabab bo’la oladi.” Dedi.

Turkiyaning Suriyadagi urushni yakunlash kelishuvidan mamnun ekanini ifoda etgan Charikchi, Suriya rejimi, BMT xavfsizlik kengashi qaroriga qaramasdan hanuz ham  gumanitar yordam yetkazib berishga to’siq bo’lganini bildirdi.

 


Tanlangan kalimalar: #BMT , #Turkiya , #Inson , #Haqlari , #Jeneva , #DAESh , #YPG

Aloqador xabarlar