Suriyaga yuborilgan yordam ashyolari, o’z egalariga yetay deb qo’ldi

O'q uzishni to'xtatish kelishuvi ortidan yordam ashyosi yuklangan yuk tashuvchi mashinalar Turkiyadan Suriyaga yo'lga chiqdi

570286
Suriyaga yuborilgan yordam ashyolari, o’z egalariga yetay deb qo’ldi

O’q uzishni to’xtatish kelishuvi ortidan Turkiyadan yo’lga chiqqan 20ta yuk mashinasi Jilvego’zlu chegara darvozasidan Suriyaga o’tdi.

Turk rahbariyati tomonidan ma’lum qilinishicha oziq-ovqat, bolalar kiyim-kechagi va o’yinchoq yuklangan yordam ashyolari Halabning shimolidagi aholiga tarqatiladi.

AQSh va Rossiya rahbarligida Suriyada, o’q uzishni to’xtatish kelishuvi kuchga kirdi. Kecha soat 19:00da kuchga kirgan ushbu kelishuv 7 kun davom etadi.



Aloqador xabarlar