Kecha Vanda yuz bergan teraktda 53 kishi tan jarohati oldi

Portlash ortidan Vanga borgan Ichki ishlar vaziri Suleyman Soylu, terakt yuz bergan manzilda tekshirish ishlari yuritib, tegishli vakillardan ma’lumot oldi.

570208
Kecha Vanda yuz bergan teraktda 53 kishi tan jarohati oldi

Kecha Turkiyaning Van viloyatida, Adolat va taraqqiyot partiyasining viloyat rahbariyati binosi oldida joylashgan politsiya nazorat nuqtasiga qarshi terroristlar tomonidan bomba yuklangan mashina orqali hujum uyushtirilgan edi. Huddi ana shu hujum oqibatida 53 kishi tan jarohati oldi. Tan jarohati olganlardan 4 nafarining politsiya xodimlaridan ekanligi ma’lum bo’ldi.

Portlash ortidan Vanga borgan Ichki ishlar vaziri Suleyman Soylu, terakt yuz bergan manzilda tekshirish ishlari yuritib, tegishli vakillardan ma’lumot oldi.

Hujumning tinchlikni buzishga qaratilganligini ifodalagan Soylu, manzilning, politsiya markazi va Adolat va taraqqiyot partiyasi, viloyat rahbariyati binosi oldi ekanligini lekin to’siqlar tufayli katta falokatning oldi olinganligini ta’kidladi.

Suleyman Soylu, hujum oqibatida tan jarohati olgan 53 kishidan 46 nafarining kasalxonadan tuzalib chiqganligini, 7 nafarining esa davolanish ishlarining hali hanuz tamomlanmaganligini ilova etdi.

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Van , #terakt , #Suleyman Soylu

Aloqador xabarlar