Turkiya bugun Qurbon hayitini nishonlamoqda

Qurbon hayiti munosabati bilan bugun poytaxt Anqarada Hayit namozi mahalliy vaqt bilan soat 07:06da boshladi.

569758
Turkiya bugun Qurbon hayitini nishonlamoqda

Bugun butun jahon musulmonlari, Qurbon hayitini nishonlamoqda. Shular qatori Turkiya ham bu kunni bayram kayfiyatida kechirmoqda. Bugun Turkiyadagi barcha jome’ masjidlarida Qurbon hayiti namozi o’qildi. Muqaddas tuproqlarda esa 2 millinodan ortiq musulmon haj ibodatini ado etdi.

Qurbon hayiti munosabati bilan bugun poytaxt Anqarada Hayit namozi mahalliy vaqt bilan soat 07:06da boshladi. Shuningdek poytaxt va boshqa yirik shaharlarda jamoat transporti hayit kunlari xalqga bepul xizmat beradi. Hayit kunlari esa Turkiyada 4 kun nishonlanar ekan shu munosabat bilan dam olish kunlari bu yil 1 haftagacha uzatilganligi e’lon qilingan.

Hz. Ibrohimning o’z o’g’lini qurbon qilmasligi uchun Ollox tomonidan yuborilgan qoyning qurbon qilinishi bilan tarix sahifalaridan o’rin olgan bu muqaddas bayram, biz musulmonlar uchun Olloxning rozichiligi uchun qurbonlik soyilishi jihatidan katta ahamiyat kasb etadi. Halol mexnat evaziga olingan Qurbon bugun soyiladi. Xohlaganlar Qurbonligini hayitning keyingi kunlarida ham soyishi mumkin. Qurbon go’shtining bir bo’lagi oila ahli uchun, katta qismi esa uyga mehmonga kelganlar bilan kambag’al oilalarga sadaqa qilish maqsadida ajratiladi. Kattalar ziyorat qilinib, bolajonlar erkalatiladi.

Shunday ekan butun jahon bo’ylab urushlarning, qatliomlarning, kin va nafratlarning Qurbon hayiti munosabati bilan o’z yakuniga yetib, takrorlanmasligini tilab, Hayitingiz bilan tabriklaymiz.


Tanlangan kalimalar: #Qurbon hayiti , #Turkiya , #musulmon aholisi

Aloqador xabarlar