Turkiya va AQSh Suriya masalasi bo'yicha bir-birini qo'llab quvvatlamoqda

Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavushog’lu AQSh kotibi John Kerry bilan telefon orqali fikr almashdi.

569292
Turkiya va AQSh Suriya masalasi bo'yicha bir-birini qo'llab quvvatlamoqda

Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavushog’lu AQSh kotibi John Kerry bilan telefon orqali fikr almashdi.

Bo’lib o’tgan suhbat chog’ida, Suriyadagi vaziyat muhokama qilindi.

Ma’lum bo’lganidek, kuni kecha Amerika bilan Rossiya o’rtasida Suriyada qizg’in jangni to’xtatish va gumanitar yordam bilan ta’minlash masalasini o’z ichiga olgan kelishuv tuzildi.

Ushbu kelishuvning Qurbon xayit bayrami oldidan kuchga kirishi qarorlashtirildi.

Bu o’zgarishdan mamnun bo’lgan Mevlut Chavushog’lu AQSh kotibi John Kerryga minnatdorchilik bildirdi.

Kerry ham bu jarayonga qo’shgan hissalari uchun Turkiya hukumatiga va shaxsan Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavushog’luga minnatdorchilik bildirdi.

 



Aloqador xabarlar