Yevropa ittifoqi vaziri va Bosh muzokarachi  O’mer Chelikning Yevropa ittifoqi bilan muloqoti

Yevropa ittifoqi vaziri va Bosh muzokarachi  O’mer Chelik, Yevropa ittifoqi  bilan muzokaralarda yangi  muzokara bo’limlari andazalari ma’lum bo’lganini bildirdi. “ Biz muzokara andazalarining kamayishini istamaymiz” dedi.

568599
Yevropa ittifoqi vaziri va Bosh muzokarachi  O’mer Chelikning Yevropa ittifoqi bilan muloqoti

Yevropa ittifoqi vaziri va Bosh muzokarachi  O’mer Chelik, Yevropa ittifoqi  bilan muzokaralarda yangi  muzokara bo’limlari andazalari ma’lum bo’lganini bildirdi.

“ Biz muzokara andazalarining kamayishini istamaymiz” dedi.

Chelik va Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’lu, “ Turkiya- Yevropa- İttifoqi oliy saviya siyosiy diyolog yig’ilishi” uchun poytaxt Anqaraga kelgan Yevropa ittifoqi tashqi aloqalar va Xavfsizlik siyosati oliy vakili  Yevropa ittifoqi komissiya rahbar o’rinbosari  Federica Mogaherini va qo’shni siyosati va kengayish muzokaralaridan ma’sul  Yevropa ittifoqiy komissari Johannes Hahn  uchrashdi.

4 tomonlama uchrashuvlardan so’ngra mushtarak matbuoti anjuman uyushtirdi.

Yevropa  ittifoqi  Vaziri  O’mer  Chelik bu yerda so’zlagan nutqida, Turkiya bilan muzokaralarda yangi bo’limlarning ochilmasligi uchun  oldini olish uslubini  tanqid qildi.

Yevropa ittifoqi vaziri O’mer Chelik, yangi davrda muzokaralarning yuragini tashkil etgan matbuot erkinligi, tamal haqlar va erkinliklar mavzularni o’z ichiga olgan 23 va 24 moddaning muzokaraga ochilishi kutganlarini ma’lum qildi.

“ Bu mavzularda  juda ko’p tanqidlar tilga olinmoqda. Ushbu tanqidlar haqiqatan demokratiya va inson haqlari mavzusida siljish   asosiy maqsad   bo’lsa,  ushbu bo’limlarni ham muzokaraga ochaylik deyman.” deb ma’lum qildi.

Tashqi ishlar vazir Mevlut Chavusho’g’lu ham qilgan  ma’ruzasida, Turkiya bugun Fetullahchi terror tashkiloti FETO, PKK PYD DEASH, DHKP-C, PKK kabi 12-13 terror tashkiloti bilan ayni lahzada kurashmoq  majburiyatida deb ma’lum qildi.  

Chavusho’g’lu, bunday bir davrda Yevropaning bizni  himoya qilishlarini kutamiz deb  bildirdi.

“Ayniqsa, PKK va tarafdorlarining Yevropa ittifoqi tashkilotlari va shaharlarida propaganda qilishi, faoliyati va namoyish o’tkazishiga ruxsat berilmasligi kerak” deb ogohlantirdi.

Vazir Chavusho’g’lu, Turk yurtdoshlariga vizani ozod qilish mavzusida Yevropa ittifoqi bilan aniq bir yo’l xaritasi borasida kelishuvga borish kerak deb bildirdi.

Yevropa Tashqi aloqalar oliy vakili Mogherini esa qilgan ma’ruzasida, Turk  xalqiga va hukumatini himoya qilish uchun Anqarada ekanlarini ta’kidlab, oliy saviyada siyosiy  muloqotning ahamiyatiga diqqat qaratdi.

Fetullahchi Terror tashkilotining  15- iyuldagi harbiy to’ntarish tashabbusini kuchli ravishda qoralaganlarini mudofaa qilgan Oliy vakil, bo’lginchi terror tashkiloti PKKni terror tashkiloti  deb tan olganlarini ham  takrorladi.

“ kelajakka qarab, ijobiy ravishda, mushtarak qiyinchiliklar ustida to’xtab, mushtarak manfaatlar ustida to’xtalib  yo’limizga davom etamiz.” Degan Oliy vakil, Turk yurtdoshlarining viza ozodligi, bojxona birligi va Suriyalik qochqinlar mavzusida himoyalarining davom etishini bildirdi.

Yevropa ittifoqi Johannes Hahn esa, Turkiyadagi Suriyaliklar uchun va’da qilingan  3 million yevroning hozirgacgha 2,2 million qismi uchun va’da qilganlari aytdi.

Hahn, oyning oxirigacha 600 million yevro yana to’lash bilan  1 milliard yevroga boradi deb aytdi.

Komissar Hahn, “ Hamkorlikni rivojlantirish kerak. Bajxona birligini  yangilash kelgusi davrning muhim mavzularidan biri bo’ladi. Umid qilamanki ,Kipr mavzusida  ham bir yechim topilar va Turkiyaning  yevropa ittifoqi  a’zo bo’lishi  uchun bir yo’l  topilar. Biz 23 va 24- bo’lim uchun tayyorgarligimizni ko’rdik” deb ma’lum qildi.

 

 



Aloqador xabarlar