Turkiya Qurbon xayiti oldidan G'azoga gumanitar yordam jo'natdi

Gumanitar yordamga to’la kemada bolalar uchun velosipedlar, kiyim-kechak, maktab o’quv qurollari, nogironlar uchun 100 ta kalyaska hamda un, guruch, shakar kabi oziq-ovqat mahsulotlari jo’natildi.

565333
Turkiya Qurbon xayiti oldidan G'azoga gumanitar yordam jo'natdi

Turkiya va Isroil o’rtasida munosabatlar yaxshilanishi bilan G’azoga gumanitar yordam olib ketayotgan ikkinchi kema Isroilning Ashdod portiga yetib bordi.

Gumanitar yordamga to’la kema Turkiyaning Isroildagi elchixonasi maslahatchisi Jem Utkan, Bosh vazirlikka qarashli Tabiiy ofatlar va favqulodda holatlar boshqarmasi bo’lim rahbari Jengiz Akin va Isroil mintaqaviy hamkorlik vaziri o’rinbosari Ayoob Kara tomonidan kutib olindi.

Jengiz Akin: “Prezidentimizning buyrug’i bilan G’azoga gumanitar yordam jo’natilishi davom etadi. Biz Tabiiy ofatlar va favqulodda holatlar boshqarmasi sifatida bu majburiyatni bajarishga tayyormiz”,-dedi.

Qurbon bayrami oldidan Falastin xalqining ehtiyojlarini ta’minlash uchun yo’lga otlangan kemada bolalar uchun velosipedlar, kiyim-kechak, maktab o’quv qurollari, nogironlar uchun 100 ta kalyaska hamda un, guruch, shakar kabi oziq-ovqat mahsulotlari jo’natildi.

Bu mahsulotlar kemadan tushirilib, yuk mashinalariga ortiladi.

So’nra, Turk Qizil yarim oy jamiyati va Tabiiy ofatlar va favqulodda holatlar boshqarmasi nazoratida "Kerem Shalom" chegara postidan G’azoga olib o’tiladi.

Gumanitar yordamlar birinchi bo'lib, Turk Qizil yarim oy jamiyati va Falastin Qizil yarim oy jamiyati tomonidan aniqlangan nochor oilalarga tarqatiladi.

 

 

 

 



Aloqador xabarlar