Turk Qurolli Kuchlari PKK terror tashkilotiga og’ir zarba berdi

Hakkarining Chukurja tumanida olib borilgan operatsiyada 100 dan ortiq terrorist o’ldirildi.

564839
Turk Qurolli Kuchlari PKK terror tashkilotiga og’ir zarba berdi

 

Turk Qurolli Kuchlari PKK terror tashkilotiga og’ir zarba berdi.

Hakkarining Chukurja tumanida olib borilgan operatsiyada 100 dan ortiq terrorist o’ldirildi.

Operatsiya paytida terroristlarning sarosimaga tushgani, ularning vahimasi ratsiya aloqalarida o’z aksini topdi.

Terror tashkiloti yetakchilari ratsiyada bir-biri bilan aloqa o’rnatar ekan, otishmalarda 100dan ziyod o’lik va ko’plab yaradorlarni Iroqning shimolidagi lagerlarga olib ketilganini ma’lum qildi.

Ularning aytishicha, yaradorlarning aksariyati og’ir ahvolda. Shu sababli shifokorlarning yordamiga ehtiyoj bor, agar tez yordam ko’rsatilmasa qurbonlar soni ortishi mumkin.

Terror tashkiloti liderlari ratsiya aloqasida kimgadir bu haqda hisobot bergani kuzatildi.

Ratsiyadagi bu ifodalar terroristlarning qanchalik katta vahimaga tushganini namoyon qiladi.

Terror tashkiloti liderlarining bir-birini haqorat qilgani va ayblagani ularning ruhiy tushkunlikka tushganini ko’rsatadi.

 



Aloqador xabarlar