Prezident Erdog’an Xitoyda Shi Tszinping bilan uchrashdi

Xitoy Xalq Respublikasi Prezidenti Shi Tszinpingning taklifiga binoan Xitoyga borgan Prezident Erdog'an, u yerda o’zaro uchrashuvlardan tashqari “G-20 Davlat va Hukumat Davlatlari sammiti”da ishtirok etadi.

564420
Prezident Erdog’an Xitoyda Shi Tszinping bilan uchrashdi

Prezident Rajap Tayyip Erdog’an Xitoy Xalq Respublikasi Prezidenti Shi Tszinpingning taklifiga binoan Xitoyga borar ekan u yerda o’zaro uchrashuvlardan tashqari “G-20 Davlat va Hukumat Davlatlari sammiti”da ishtirok etadi.

Prezident Erdog’an Xitoyda birinchi navbatda Shi Tszinping bilan uchrashdi.

Ushbu uchrashuv ortidan ikki davlat o’rtasidagi hamkorlik shartnomalariga imzo chekdi.

Energiya va tabiiy manbaalar vaziri Berat Albayrak xitoylik kasbdoshi bilan qayta tiklanadigan energiya, ko'mir va yadroviy xavfsizlik sohalaridagi shartnomalarga imzo cehkdi.

Bosh vazir o’rinbosari Mehmet Shimshek ham Xitoyda, pista eksporti haqidagi shartnomaga imzo chekdi.

Ikkala lider ortidan Turkiya va Xitoy o’rtasidagi shartnoma va protokollarning imzo marosimida ishtirok etdi.

Prezident Erdog’an, AQSh rahbari Obama va Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putin bilan uchrashadi.

Erdog’an-Putin uchrashuvi Turkiya vaqti bilan soat 16:15 da o’tkaziladi.

“G-20 Davlat va Hukumat rahbarlari sammiti”da ishtirok etadigan Erdog’an Yevropa ittifoqiga a’zo davlatlarning Davlat va Hukumat rahbarlari bilan uchrashadi.

Prezident Erdog’an ziyoratlari doirasida Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Ban Ki-Munni qabul qiladi.

Prezident Erdog’anning Xitoy ziyoratida Bosh vazir o’rinbosari Mehmet Shimshek, Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’li, Iqtisodiyot vaziri Nihat Zeybekchi, Energiya va Tabiiy manbaalar vaziri Berat Albayrak bilan Milliy Razvedka tashkiloti maslahatchisi Hakan Fidan hamrohlik qilmoqda.

 


Tanlangan kalimalar: #Prezident Erdog'an , #Xitoy , #G-20 sammiti

Aloqador xabarlar