Erdog’an turk xalqi nomidan o’zbek xalqiga ta’zya izhor etdi

O’zbekistonni 1989-yildan beri boshqarib kelgan va O’zbekiston Respublkasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug’aniyevich Karimov 2016-yil 2-sentabrda Toshkent shahrida o'lamdan o'tdi.

564477
Erdog’an turk xalqi nomidan o’zbek xalqiga ta’zya izhor etdi

Prezident Rajap Tayyip Erdog’an O’zbekiston Davlat rahbari Islom Karimovning vafoti tufayli o’zbek xalqiga ta’ziya izhor etdi.

Prezident Erdog’an, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi Nigmatulla Yo’ldashev, Bosh vazir Shavkat Mirziyoyev va marhumning turmush o’rtog’i Tatyana Akbarovna Karimovaga birma-bir ta’ziya maktubi yo’lladi.

Turk xalqi nomidan o’zbek xalqiga chuqur ta’ziya tilaklarini izhor etgan Prezident Erdog’an ta’ziya maktubida O’zbekistonning oxirgi chorak asr mobaynida o’z taraqqiyot yo’lida ulkan muvaffaqiyatlarni qo’lga kiritib, mintaqa va dunyo mamlakatlari orasida muhim o’ringa ega bo’lganligiga e’tibor qaratdi.

Prezident ta’ziya maktubida, Turkiya va O’zbekistonning kelgusi jarayonda o’zaro, mintaqaviy va xalqaro platformalardagi hamkorligini o’zaro ishonch asosida, ikki mamlakat xalqiga foydali bo’ladigan darajada rivojlantirishiga ishonchi komil ekanligini ham ta’kidladi.



Aloqador xabarlar