Barack Obama:"Turkiya terror tashkiloti DAIShga qarshi kurashda muhim hamkor"

Obama yakshanba kuni G-20 sammiti o'tkaziladigan Xitoyga safari oldidan CNN Internationalga intervyu berdi.

564243
Barack Obama:"Turkiya terror tashkiloti DAIShga qarshi kurashda muhim hamkor"

Amerika Qo'shma Shtatlari Prezidenti Barack Obama: "Turkiya terror tashkiloti DAIShga qarshi kurashda muhim hamkor. Turkiya bilan xavfsizlik bo'yicha munosabatlarda kamchilik yo'q",-dedi.

Obama yakshanba kuni G-20 sammiti o'tkaziladigan Xitoyga safari oldidan CNN Internationalga intervyu berdi.

Obama Fathullohchi terror tashkilotining 15 iyuldagi to'ntaruv tashabbusini "siyosiy zilzila" deb baholadi.

Xozirda qaytatdan shakllanishga majbur bo'lgan Turkiya buni qanday amalga oshirishi muhim ekaniniga e'tibor qaratgan Obama bu jarayonda turk xalqiga yordam berish niyatini tilga oldi.

Turkiya bilan xavfsizlik munosabatlarida kamchilik yo'qligini tilga olgan Obamaning aytishicha, Turkiya NATOning eng kuchli a'zolaridan biridir.

Xitoy Xalq Respublikasidagi sammitga qatnashish uchun kecha mamlakatga jo'nab ketgan Turkiya Prezidenti R.T.Erdog'an yakshanba kuni Barack Obama bilan uchrashadi.

Obamaning intervyusi yakshanba kuni batafsil nashr qilinadi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Amerika , #Obama , #Barack Obama , #intervyu , #Turkiya

Aloqador xabarlar