Turkiya Bosh vaziri Binali Yildirim Filippo Grandini Chankaya ko’shkida qabul qildi

Turkiya Bosh vaziri Binali Yildirim qabul chog’ida, BMT qochqinlar oliy komissari Filippo Grandidan suriyalik qochqinlar masalasiga e’tiborni yanada kuchaytirish bo’yicha yordam talab qildi.

562961
Turkiya Bosh vaziri Binali Yildirim Filippo Grandini Chankaya ko’shkida qabul qildi

Turkiya Bosh vaziri Binali Yildirim BMT qochqinlar oliy komissari Filippo Grandini Chankaya ko’shkida qabul qildi.

Binali Yildirim qabul chog’ida, Grandidan suriyalik qochqinlar masalasiga e’tiborni yanada kuchaytirish bo’yicha yordam talab qildi.

Bosh vazirlik manbalaridan olingan ma’lumotga ko’ra, Turkiyaga sig’ingan suriyalik qochqinlar soni 2.7 mlndan oshdi. Ba’zi davlatlarda, asosan Yevropada qochqinlar va immigrantlarga nisbatan munosabat salbiylashib borar ekan, Turkiya esa, suriyalik qochqinlarga o’z eshiklarini ochdi.

Binali Yildirim uchrashuvda Turkiyada yashagan suriyaliklarga va noqonuniy ko’chmanchilarga ketgan xarajatlarni birgalikda ko’tarishning ahamiyatiga to’xtaldi.

Ma’lum qilinishicha, Turkiya bugungacha suriyalik qochqinlarga jami 12 mlrd dollardan ziyod mablag’ sarf qildi.

Bunga qaramasdan, Yevropa Ittifoqi fondlaridan tashqari xalqaro jamiyat tomonidan ta’minlangan mablag’ esa, atigi 512 mln dollar atrofida…

Binali Yildirimning ta’kidlashicha, xalqaro jamiyat ham suriyalik qochqinlar oldidagi og’ir yukni ko’tarishga yordam berishi kerak.

BMT qochqinlar oliy komissari Filippo Grandi ma’lum qilishicha, Turkiyaning suriyalik qochqinlarga ko’rsatgan mehmondo’stligi va yordamsevarligi avvalo BMT va boshqa xalqaro tashkilotlar tomonidan taqdirlandi.

Grandi: “BMT qochqinlar oliy komissariyati sifatida qochqinlar masalasida Turkiyaga yordam berishga tayyormiz”,-dedi.

 

 

 



Aloqador xabarlar