Binali Yildirim, Turkiyaning oxirigacha terrorga qarshi kurashni davom ettirishini bildirdi

Binali Yildirim, Turkiyaning terror tashkiloti PYDni Firat daryosining shariga ketishi kerakligini takrorladi.

562720
Binali Yildirim, Turkiyaning  oxirigacha terrorga  qarshi kurashni davom ettirishini bildirdi

Bosh Vazir Binali Yildirim, Suriyadagi Firat qolqoni operatsiyalarining terror unsurlari bartaraf bo'lguncha davom etishini bildirib, Turkiyaning terror tashkiloti PYDni Firat daryosining sharqiga ketishi kerakligini takrorladi.

Yildirim,Kechio'ren metro marosimida so'zlagan nutqida, terror unsurlarini bartaraf qilguncha kurashning davom etishini izohladi.

Kechio'ren metro qurilishi nihoyasiga yetganda Anqarada rayli sistemaning 64 kilometr bo'lishiga diqqat qaratgan Yildirim, keyinchalik, bir jurnalistning Firat qolqoni haqida bir savoliga javob berdi; "Terror unsurlari bartaraf bo'lgunicha, chegaralarimizga, tuproqlarimizga va xalqimizga qaratilgan terrorni bartaraf qilguncha faoliyatimiz davom etadi, PYD/YPG bunlar PKKning davomidir. Boshqa isimlar bilan ayni kishilar. Bunlar Turkiya va hududga zarar bergan teror tashkilotidan boshqa narsa emas" dedi.

Terror tashkilotlarining hammasining ayni tushunchada bo'lganiga diqqat qaratgna Yildirim; "Qaysi terror tashkiloti bo'lishidan qat'iy nazar, qarshisizda tik turgan 79 million inson bor. Bu millat birga bo'lguncha, hech qaysi bir terror tashkiloti bu o'lkada, bu tuproqlarda joylashmaydi. Bir tomonda bo'lovchilar boshqa tomonda FETO va o'lkani tahdit etgan Deash, PYG, YPGga qarshi ayovsiz kurashar ekan ayni paytda millatimizning, biz istagan xizmatlarning o'z nihoyasiga yetishining g'ururini yashashini" ifoda etdi.



Aloqador xabarlar