Turkiya bilan Isroil o'rtasidagi munosabatlar yaxshilanmoqda

Turkiya Prezidenti R.T.Erdog’an Isroil bilan aloqalarning yaxshilanishiga doir qonunni tasdiqladi.

562588
Turkiya bilan Isroil o'rtasidagi munosabatlar yaxshilanmoqda

Turkiya Prezidenti R.T.Erdog’an Isroil bilan aloqalarning yaxshilanishiga doir qonunni tasdiqladi.

Turkiya Respublikasi bilan Isroil davlati o’rtasida kompensatsiyaga doir shartnomaning tasdiqlanishi ma’qul ko’rilganiga doir qonun taklifi 20 avgust kuni Turkiya Oliy majlis umumiy kengashida qabul qilingan edi.

Qonun taklifining kuchga kirishi uchun Prezident Erdog’an tomonidan tasdiqlanishi shart edi.

Bugun tasdiqlangan shartnomaga ko’ra, Isroil 2010 yilning 31 may kuni sodir bo’lgan Moviy Marmara voqeasida halok bo’lgan insonlarning oilalariga kompensatsiya sifatida Turkiyadagi bank hisobiga 20 mln dollar miqdorida mablag’ o’tkazadi.

Bu mablag’ bo’laklarga bo’linib emas, balki bir safarda to’lanishi shart.

Turkiya bu mablag’ni o’tkazadigan bank hisobini Isroilga diplomatik yo’l bilan ma’lum qiladi.

Isroil shartnoma kuchga kirgach, 25 kun ichida pulni Turkiyadagi bank hisobiga o’tkazishi kerak.

Turkiya va Isroil shartnomaning huquqiy jihatlari, mas’uliyatlari, zimmasiga olingan vazifalar bo’yicha kelishib oldi.

Shartnoma nafaqat Isroilning, balki Isroil nomidan harakat qilganlarning va Isroil fuqarolarining Turkiya Respublikasi yoki Turkiya fuqarolari tomonidan Moviy Marmara voqeasi bilan bog’liq Turkiyada amalga oshirilgan har qanday huquqiy talabga doir javobgarlikdan butunlay ozod qilinishini taqazo qiladi.

Bu shartnoma tomonlarning ichki huquqiy jarayonni yakunlaganiga doir bir-biriga diplomatik ravishda yozma bayonot bergach, kuchga kiradi.

 

 

 



Aloqador xabarlar