“Firat qalqoni” operatsiyasida turk tanklaridan birini portlatgan terroristlar o’ldirildi

Turk Qurolli Kuchlari ma’lum qilishicha, Jarablusning g’arbidan roketa otgan terroristlar harbiy transporti bilan birga portlatib yuborilgan.

562251
“Firat qalqoni” operatsiyasida turk tanklaridan birini portlatgan terroristlar o’ldirildi

Suriyaning Jarablus tumanida davom etgan “Firat qalqoni” operatsiyasida turk tanklaridan birini portlatgan terroristlar o’ldirildi.

Portlashda 3 nafar turk askari yaralandi.

Yarador askarlar Turkiyaga olib kelindi va hozirda shifoxonada davolanmoqda.

Turk Qurolli Kuchlari ma’lum qilishicha, Jarablusning g’arbidan roketa otgan terroristlar harbiy transporti bilan birga portlatib yuborilgan.

Qisqasi, “Firat qalqoni” operatsiyasi muvaffaqiyatli davom etmoqda.

Bu doirada Kulliyah hududida amalga oshirilgan havo hujumida terror tashkiloti DAIShga tegishli makonlar nishonga olindi.

“Firat qalqoni” operatsiyasi Jerablusni terror tashkiloti DAIShdan tozalash maqsadida o’tgan chorshanba kuni boshlangan edi.

Shuningdek, Turkiyaning Hakkari viloyati Chukurja tumanida havo harakati vositasida aniqlangan terror makonlari portlatildi.

Terror tashkiloti PKKga tegishli 10 ta mo’ljal Turk Qurolli Kuchlari jangovar samolyotlari tomonidan portlatildi.

 

 

 

 



Aloqador xabarlar