Turkiya Prezidenti R.T.Erdog’an AQSh prezident o’rinbosari Joe Bidenni qabul qildi

Joe Biden: “Amerika xalqi sizni qo’llab quvvatlaydi. Barack Obama 15 iyul voqealarida birinchilardan bo’lib sizga qo’ng’iroq qildi. Yana ham oldinroq kelmaganim uchun uzr so’rayman. Koshki ertaroq kela olsaydim”.

558953
Turkiya Prezidenti R.T.Erdog’an AQSh prezident o’rinbosari Joe Bidenni qabul qildi

Turkiya Prezidenti R.T.Erdog’an kecha Ankaraga tashrif buyurgan AQSh prezident o’rinbosari Joe Bidenni prezidentlik saroyida qabul qildi.

O’zaro uchrashuvdan so’ng o’tkazilgan matbuot anjumanida, Prezident Erdog’an Fathullohchi terror tashkiloti lideri Fathulloh Gulenni Amerikadan rasmiy ravishda talab qilganini ma’lum qildi.

 “Amerika Qo’shma Shtatlari talabimizni inobatga oladi degan umiddaman”,-deydi Turkiya Prezidenti R.T.Erdog’an.

Shuningdek, terrorizmga qarshi kurash jarayoniga to’xtalgan Erdog’an: “DAISh va boshqa terror tashkilotlariga qarshi kurash mintaqadagi eng katta masaladir. Terror tashkilotini yaxshi yoki yomon deb ajrata olmaymiz. Milliy xavfsizligimizga rahna solishlariga aslo yo’l qo’ymaymiz”,-dedi.

AQSh prezident o’rinbosari Joe Biden: “Fathullohchi terror tashkiloti lideri Fathulloh Gulenni himoya qilish uchun hech qanday sababimiz yo’q. AQSh to’ntaruv tashabbusiga qo’l urganlarning qonun oldida javob berishi uchun zarur yordamni berishga tayyor. Gulenni qaytarish xususida yaqindan hamkorlik qilishimizga ishonaman”,-dedi.

Turkiya va Amerika xalqlari terrorizmga qarshi kurashdan ortga qaytmasligini tilga olgan Joe Biden: “Amerika xalqi sizni qo’llab quvvatlaydi. Barack Obama 15 iyul voqealarida birinchilardan bo’lib sizga qo’ng’iroq qildi. Yana ham oldinroq kelmaganim uchun uzr so’rayman. Koshki ertaroq kela olsaydim”,-dedi.

AQSh prezident o’rinbosari Joe Biden Ankaraga tashrifi chog’ida avvalo Turkiya Oliy majlis binosida bo’ldi.

Joe Biden Turkiya Oliy majlis raisi Ismail Kahraman bilan uchrashdi.

Ismail Kahraman 15 iyul voqealari munosabati bilan Turkiyaga hamdardlik bildirish maqsadida kelgan Joe Bidenga minnatdorchilik bildirdi.

Joe Biden ham voqea haqidagi hissiyotlarini tilga olib: “Voqeaning ertasi kuniyoq kelishni xohlardim. O’z askaringiz majlisingizga hujum qilganini eshitganimda yuragimga xanjar urilgandek bo’ldi. Bu voqea mamlakatimda sodir bo’lgan 11 sentyabr voqealarini eslatdi”,-dedi.

Turkiyadagi demokratiyaga bo’lgan ishonchini tilga olgan Biden: “Turkiya kuchli davlat, sizga ehtiyojimiz bor”,-dedi.

 

 



Aloqador xabarlar