Artvinda, Kemal Kilichdarog'luning moshina karvoniga hujum qilindi

Artvinda, Jumhuriyat Xalq Partiya Rahbari Kemal Kilichdarog'lu ham bo'lgan moshina karvoniga o'q otildi.

559243
Artvinda, Kemal Kilichdarog'luning moshina karvoniga hujum qilindi

Artvinda, Jumhuriyat Xalq Partiyasi Rahbari Kemal Kilichdarog'lu ham bo'lgan moshina karvoniga o'rmonlik maydonda o'q otildi.

Moshina karvonini qo'riqlagan jandarm guruhi hujumga qarshi o'q otib javob berdi.

Voqea bilan aloqali bayonot bergan ichki ishlar vaziri Efkan Ala, hujumning PKK tomonidan uyushtirilgani, moshina karvoniga oq otishi natijasida 1 og'ir 3 nafar askarning jarohatlanganini izohladi.

Jumhuriyat Xalq Partiyasi lideri Kilichdarog'luning xavfsizlik kuchlari tomonidan ishonchli joyga olib borilgani bildirildi.

Shuningdek Prezident Rajab Toyyib Erdo'g'an, JHP Bosh Rahabri Kemal Kilichdarog'luga qo'ng'iroq qilib hamdardlik bildirdi.

Bosh vazir Binali Yildirim ham JHP lideri Kilichdarog'luning moshina karvoniga o'q otishi va maydonga kelgan to'qnashuv haqqida ichki ishlar vaziri va gubernatordan ma'lumot oldi.


Tanlangan kalimalar: #keml kilchdarog'luga , #hujum qilindi

Aloqador xabarlar