Mark Toner:"Turkiya Fathulloh Gulenning qaytarilishini Amerikadan talab qildi"

AQSh kotibligi voizi Mark Toner kundalik matbuot anjumanida FETO lideri Fathulloh Gulenning Turkiyaga qaytarilishiga doir savollarga javob berdi.

558019

Ta’kidlanishicha, Turkiya Fathulloh Gulenning qaytarilishini Amerikadan rasmiy ravishda talab qilgan.

“Turkiya Fathulloh Gulenning qaytarilishini talab qilganini tasdiqlaymiz”,-deydi Mark Toner.

Shu bosqichda, Turkiyadan kelgan rasmiy hujjat va dalillarning ko’zdan kechirilishini aytib o’tgan Mark Toner, bu talab 15 iyuldagi to’ntaruv tashabbusi bilan bog’liq emasligini ma’lum qildi.

Talabga doir yana ham aniqroq ma’lumot bera olmasligini ta’kidlagan Toner, to’ntaruv tashabbusidan tashqari, boshqa sabablar tufayli Gulenning Turkiyaga qaytarilishi talab qilinganini bildirdi.

Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #FETO , #Fathulloh Gulen , #Amerika , #AQSh , #Mark Toner

Aloqador xabarlar