Amerka Qo'shma Shtatlari Turk hukumatini qo'llab-quvvatlashga davom etmoqda

Oq Uy, Amerka Qo'shma Shtatlarining Turk hukumatini qo'llab-quvvatlashga davom etganini bildirdi.

557657
Amerka Qo'shma Shtatlari Turk hukumatini qo'llab-quvvatlashga davom etmoqda

Oq Uy, Amerka Qo'shma Shtatlarining Turk hukumatini qo'llab-quvvatlashga davom etganini bildirdi.

Oq Uy Voizi Josh Earnest, AQSh Prezident o'rinbosari Joe Bidenning, Anqarada amalga oshirishi rejalangan ziyorati bilan o'lkasining, Turkiyadagi demokratik hukumatni chin yurakdan qo'llab-quvvatlashga davom etganini ko'rsatishini izohladi.

Earnest, matbuot anjumanida Bidenning ziyoratining avvalo AQShning ittifoqdoshi Turkiyanini qo'llab-quvvatlaganini namunasi bo'lganini bildirib, Turkiyada 15 Iyul kungi to'ntaruv tashabbusini eslatib AQSh bosharuvining to'ntaruv tashabbusini u kunlar qattiq qoralarini ifoda etdi.

Earnest, "Biden shuningdek DEAShga qarshi kurashga ijobiy hissa qo'shish uchun tashlagan qadamlarni dastaklash va mamnuniyatini tilga oladi" dedi.

Josh Earnest, Fethullah terror tashkiloti to'da boshi Fethullah Gulenning Turkiyaga qaytarib berish mavzusida, o'zlariga yuborilgan hujjatlarning tekshirilganini bildirdi.

Gulenni Turkiyaga qaytarib berishning AQSh Prezidentining beradigan qarori bo'lmaganini takidlagan Earnest, Bidenning Gulenni qaytarish mavzusida AQSh bilan Turkiya o'rtasidagi mavjud o'zaro shartnoma bilan bog'liq ekanligini bildirdi.

Brifingda Turk Qurolli Kuchlarining Suriyaning shimolida terror tashkiloti PYD va DEAShga oid nuqtalarni bombalagani haqqida xabarlar kun tartibiga keldi.

Turkiyaning, terrorizm xavfi bilan qarama-qarshi bo'lganini ifoda etgan Oq Uy Voizi, terrorga qarshi jang qilgan Turkiyani har tomonlama qo'llab-quvvatlaganliklarini izohladi.

Earnest, hammaning Daeshga qarshi jang qilishi kerakligiga diqqat qaratdi.

Suriyada besh yildan beri davom etgan ichki urush bilan aloqali savollarga ham Earnest, Rossiyaning Suriya rejimini qo'llab-quvvatlash borasidagi harbiy faoliyatlarining, Suriyada urushni yana ham avjiga ko'targanini bildirib, Rus boshqaruvining Deashga qarshi kurashganini aytish qiyin ekanligini takidladi.

Earnest, Rossiyaning Suriya siyosatini, boshidan beri bu o'lkadagi faoliyatlari bilan zid tushganini va buni ko'p marotiba tilga olganini ifoda etib, "Ruslar strategiyasini almashtirishi kerak" dedi.

Shuningdek Joe Bidenning Turkiyadagi dasturining tafsultolari ham ma'lum bo'ldi.

Biden ertaga Anqarada daslab Turkiya Oliy Millat Majlisi Rahbari Ismet Kahraman bilan matbuotga yopiq uchrashuv o'tkazadi. Keyinchalik 15 Iyul to'ntaruv tashabbusida bomlalangan Majlis binosini ziyorat qiladi.

Chankaya ko''shkida bosh vazir Binali Yildirim bilan uchrashadigan Biden, keyinchalik Prezident Rajab Toyyib Erdo'g'an tomonidan Prezidentlik Saroyida qabul qilinadi.

Matbuotga yopiq bo'ladigan ushbu uchrashuvdan keyin Biden, kechki soatlarda Turkiyadan jo'nab ketadi.



Aloqador xabarlar