Fransiya Prezidenti Hollande Turkiyaga hamdardlik bildirdi

Bayonotda: “Prezident Hollande kecha oqshom Turkiyada 50 kishining hayotiga zomin bo’lgan terrorchilik harakatini qoralaydi. Fransiya davlati sifatida turk xalqiga va Turkiya hukumatiga ta’ziya izhor qilamiz..."

556257
Fransiya Prezidenti Hollande Turkiyaga hamdardlik bildirdi

Fransiya Prezidenti Hollande Turkiyaning Gaziantep viloyatida sodir bo’lgan terrorchilik harakatini qoraladi.

Elysee saroyidan berilgan yozma bayonotda: “Prezident Hollande kecha oqshom to’y marosimi paytida sodir bo’lgan va 50 kishining hayotiga zomin bo’lgan terrorchilik harakatini qoralaydi. Fransiya davlati sifatida turk xalqiga va Turkiya hukumatiga ta’ziya izhor qilamiz. Terrorizmga qarshi kurash olib borgan barcha davlatlarni qo’llab quvvatlaymiz”,-deb yozildi.

Hollande Turkiyaga hamdardlik tilaklarini tvitter hisobidan ham e’lon qildi.


Tanlangan kalimalar: #Fransiya , #Turkiya , #hamdardlik , #ta'ziya , #Hollande

Aloqador xabarlar