Binai Yildirim, JHP va MHP rahbarlari bilan ko'rishdi

Bosh vazir Binai Yildirim, JHP rahbari Kemal Kilichdarog'lu va MHP rahbari Devlet Bahcheli bilan ko'rishdi.

555784
Binai Yildirim, JHP va  MHP rahbarlari  bilan ko'rishdi

Bosh vazir Binai Yildirim, JHP rahbari Kemal Kilichdarog'lu va MHP rahbari Devlet Bahcheli bilan ko'rishdi.

Bosh vazirlik manbalaridan olingan ma'lumotlarga ko'ra, 22-Avgust kuni Chankaya ko'shkida bo'ladigan yig'ilishda, "Yenikapidagi birdamlik va barobarlik ruhining davom etishi" mo'ljallanmoqda.

Rahbarlar maslahatlashuv yig'ilishida, FETOning to'ntaruv tashabbusi, terrorga qarshi kurash, konstitutsiya paketi kabi mavzularni muhokama qiladi.

Bosh vazir Yildirim, 19-Iyul kuni ikki muxolifat lideri bilan alohida-alohida Chankaya ko'shkida ko'rishgan, 1-Avgust kuni esa Kilichdarog'lu bilan JHP bosh markazida va Bahcheli bilan Turkiya Oliy Millat Majlisida uchrashgan edi.



Aloqador xabarlar