Binali Yildirim, Turkiyadagi chet ellik vakolatxona rahbarlariga ziyofat berdi

Bosh vazir Binali Yildirim kecha kechki payt Chankaya Ko’shkida, Turkiyadagi chet ellik vakolatxona rahbarlariga ziyofat berdi.

555108
Binali Yildirim, Turkiyadagi chet ellik vakolatxona rahbarlariga ziyofat berdi

Bosh vazir Binali Yildirim kecha kechki payt Chankaya Ko’shkida, Turkiyadagi chet ellik vakolatxona rahbarlariga ziyofat berdi.

PKK terror tashkilotining haligacha dahshatli hujumini davom ettirganligiga e’tibor qaratgan Bosh vazir Yildirim, PKK terror tashkiloti doxil, bu dunyoga tinchlik bermagan, gunohsiz insonlarni o’ldirgan terror tashkilotlarini lanatlaganligini qayd etdi.

Terror tashkilotlarining bir-biri bilan hamkorlik ichida demokratiyaga, qonun-qoidalariga, tinch aholiga qarshi hujum qilganligiga e’tibor qaratgan Bosh vazir,

“Insonlikqa qarshi qo’l ko’targan terror tashkilotlari na Turkiyada, na dunyoning boshqa nuqtasida aslo va aslo ko’zlagan maqsadiga yetolmaydi. Kirli o’yinlari ortidan g’alabaga erisholmaydi” dedi.

Bosh vazir, 15-iyul kuni Turkiyani to’ntarishga qaratilgan tashabbus ortidan Anqaradagi elchilar va vakolatxona rahbarlarinining, ertasi kuni Turkiya Buyuk Millat Majlisida bo’lib o’tgan Favqulodda yig’ilishda ishtirok etib, Turkiyani qo’llab-quvvatlaganlari uchun minnatdorchilik bildirdi.

To’ntarish tasahbbusi ortidan 1 oy o’tganligini tilga olgan binali Yildirim, to’ntarish tashabbusi ortidan birinchi marotaba 100 dan ortiq elchi va vakolatxona rahbarlari bilan uchrashganligini ifodaladi. Elchi va vakolatxona rahbarlari bilan har doim aloqada bo’lishni xohlaganligini belgilab o’tgan Yildirim, Turkiyada yuz bergan voqelar haqida ularga to’g’ridan-to’g’ri ma’lumot yetkazishning va uchrashuv o’tkazishning ahamiyatini qayd etdi.

Yildirim, 16-iyul kuni tong saharlab yuz bergan bir voqea haqidagi hafagarchiligini ham vakolatxona rahbarlariga yetkazishni unutgani yo’q.

Bu borada Janob Yildirim,

“Turkiya ana shu kecha, to’ntarish tashabbusiga qarshi muvaffaqiyatli ravishda kurashdi. Parijda, Charlie Hebdo voqeasi ortidan butun dunyo liderlari Parijga qarab yo’l oldi. Turkiya Respublikasi Bosh vaziri doxil. Biz rivojlangan demokratiyadan, ana shu kuni ham Anqaraga kelib, bizni qo’llab-quvvatlashlarini kutar edik” deya gapirdi.  

Turk iqtisodiyotining to’ntarishlarga qaramay cho’kmaganligini yana bir bor eslatgan Binali Yildirim, bunga qarshi kredit reyting agentliklarining shoshilinch qaror berib, turli salbiy fikrlar o’rtaga tashlaganligini eslatib o’tdi.

Yildirim, bozor iqtisodiyotining 15-iyuldan oldingi saviyaga allaqachon ko’tarilganligini, bu saviyaning yana-da yaxshi nuqtalarga yetajagini belgilab o’tdi.

 

 

 

 



Aloqador xabarlar