Turkiyaning Bitlis viloyatida terrorchilik harakati sodir bo’ldi

Bitlisda harbiy transport o’tib ketayotgan paytda qo’lbola bombaning portlatilishi oqibatida 4 askar bilan bir nafar qishloq posboni halok bo’ldi.

554652
Turkiyaning Bitlis viloyatida terrorchilik harakati sodir bo’ldi

Turkiyaning Bitlis viloyatida terrorchilik harakati sodir bo’ldi.

Bitlisda harbiy transport o’tib ketayotgan paytda qo’lbola bombaning portlatilishi oqibatida 4 askar bilan bir nafar qishloq posboni halok bo’ldi.

Hizan tumani qirlarida ro’y bergan qonli voqeada 5 askar yaralandi.

Elazig’da esa, Xavfsizlik boshqarmasi binosi oldida bomba ortilgan mashinaning portlatilishi oqibatida 3 nafar politsiya xodimi halok bo’ldi.

Kuchli portlash oqibatida 217 kishi yaralandi, bulardan 85 nafari politsiya xodimi. Yaradorlardan 14 nafarining ahvoli og’ir ekani aytilmoqda.

Terroristlar bomba ortilgan mashinani shahar markaziga 6 km uzoqlikdagi 4 qavatli Xavfsizlik boshqarmasi binosining garajida portlatdi.

Kuchli portlash oqibatida boshqarma binosining old qismi bilan atrofdagi uylarda katta talofat yuzaga keldi.

Daraxtlar ildizidan sug’urilar ekan, yerda ulkan chuqurlik paydo bo’ldi.

Portlash sodir bo’lgan paytlarda Xavfsizlik boshqarmasida Fathullohchilarga qarshi operatsiya ketayotgan edi.

Voqeadan so’ng, Bosh vazir Binali Yildirim Elazig’ga jo’nab ketdi.

Bosh vazir Binali Yildirimga Milliy mudofaa vaziri Fikri Ishik, Ichki ishlar vaziri Efkan Ala va Sog’liqni saqlash vaziri Rejep Akdag’, Jumhuriyat Xalq partiyasidan bir guruh deputatlar hamda Harbiy Bosh shtab raisi general Hulusi Akar hamrohlik qildi.

Ular voqea joyida tekshiruv olib bordi.

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Bitlis , #bomba , #portlash , #xavfsizlik

Aloqador xabarlar