Jahon mediasi Fathulloh Gulen haqida…

Amerika mediasida terror tashkiloti lideri Gulen “pensiyadagi voiz”, “ko’ngilli surgundagi imom”, “shirin so’z”, “taniqli”, “77 yoshda betob va keksa imom”, “sirli din arbobi”, “muxolif”, “Erdog’anning sobiq hamkori” kabi ta’riflar bilan tilga olingan.

552295
Jahon mediasi Fathulloh Gulen haqida…

Jahon mediasi Fathulloh Gulen haqida…

“Xalqaro mediada Fathullohchi terror tashkiloti lideri” nomli xabar taxlili doirasida, 2016 yilning 1 mayidan 9 avgustgacha chop etilgan 126 xorij gazetasi va jurnali, 21 ta telekanal va 15 ta xalqaro xabar agentligi ko’zdan kechirildi va 2726 ta xabar tekshirib chiqildi.

Amerika mediasida terror tashkiloti lideri Gulen “pensiyadagi voiz”, “ko’ngilli surgundagi imom”, “shirin so’z”, “taniqli”, “77 yoshda betob va keksa imom”, “loqayd din arbobi”, “sirli din arbobi”, “muxolif”, “Erdog’anning sobiq hamkori” kabi ta’riflar bilan tilga olingan.

Amerika mediasining bu munosabati do’st davlat sifatida ta’riflangan Turkiya va turk xalqi tomonidan ko’z bo’yamachilik deb baholanmoqda.

Tadqiqotga ko’ra, Germaniya mediasida Gulenga nisbatan “Gulen tarmog’i”, “ko’ngilli surgundagi imom”, “ilmli voiz”, “Erdog’anning azaliy dushmani/ sobiq hamkori”, “Pensilvaniya tog’larida yashagan betob va keksa”, “Afrikada faol jamoat”, “zaharli ilon” kabi ta’riflar tilga olingan.

Germaniya mediasi iloji boricha Fathullohchilarni terror tashkiloti sifatida tilga olmaslikka harakat qilgan.

Fransiya mediasi esa, “sobiq hamkor”, “surgundagi voiz”, “ruhoniy lider”, “75 yoshda betob va keksa mo’ysafid” kabi sifatlar bilan Gulenni ta’riflagan.

Fransiya mediasining bu munosabati terrorizmga qarshi kurashda Turkiya bilan hamfikr emasligini ko’rsatadi.

Angliya mediasi esa, Gulenga nisbatan “jozibador din arbobi”, 77 yoshdagi diniy lider”, “kamtarin din arbobi”, “muxolif”, “dinlararo diyalogga chaqiruvchi” kabi so’zlarni sarf qilganlar.

“Terror tashkiloti va parallel tashkilot” ifodalari esa, iddao sifatida zikr etilgan.

Jahon matbuoti Gulenni, qanday sıfatlar bilan kun tartibiga olib chiqdi?

Yaqin Sharq matbuoti “Amerikada istiqomat qilguvchi din arbobi”, “intellektual”, “Afrikaning muhim shaxslaridan biri” deya ta’riflagan Gulenni Eron matbuoti “Eron Islom Respublikasining jiddiy muxolifati”, “badarg’adagi din arbobi”, “to’ntarish tashabbusini uyushtirganlikda ayblangan inson” deya tilga olmoqda. Fetullahchi terror tashkilotiga a’zo askarlarni esa “Fetullah Gulen terror tashkilotiga a’zo harbiy isyonchilar” deganligi e’tiborlarni o’ziga qaratdi.

Fetullah terror tashkiloti to’daboshi Gulen, Xitoy matbuotida “Amerikalikga aylangan va turk millatiga mansub din arbobi”, “diniy shaxsiyat”, “badarg’adagi muxolifat”; Isroil matbuotida esa “radikal islomchi”, “yashirin terror tashkiloti”, “Turkiyada tug’ilgan sunniy mashabidagi din arbobi”, “badarg’adagi musulmon voiz” degan ifodalar bilan tilga olindi.

Yaponiya matbuoti Gulenni, “islomchi diniy ustoz”, “Gulen ustoz”; Italiya matbuoti “sunniy mashabidagi imom”, “bir imomning o’g’li”, “Gulen imperatorligi”; Gollandiya matbuoti esa “xalqaro firmalar, ta’lim markazlari va banklarga ega kuchli imom” deya qayd etdi. Kurd tilida chop etilgan xabarlarda esa Gulen, “islom davatkori”, “Erdog’an hukumatini to’ntara oladigan yakkayu-yagona kuch”, “kurdlarga qarshi”, “parallel tashkilot lideri” degan ifodalar bilan kun tartibiga olib chiqdi.         

FETO to’da boshi, Rossiya matbuotida “sirli din arbobi”, “turk tilida so’zlashuvchi davlatlarda islomiy maktablar zinjiriga ega bo’lgan shaxs”, “Gulen imperatorligi”, “Prezident Erdog’anning shafqatsiz raqibi”; Gretsiya matbuotida esa, “Turk liderning siyosiy va manaviy shakllanishida hal qiluvchi rol o’ynagan Gulen”, “G’arbni qo’llab-quvvatlagan ko’rinishi bilan konservativ islomiy tamoyillarini o'zida mujassam qilgan shaxs”; Saudiya Arabistoni matbuotida “terrorist tashkilot lideri”, “to’ntarishga tashabbus qilganlikda ayblangan badarg’adagi diniy lider”; Misr matbuotida, “turk din arbobi”, “harbiy to’ntarish tashabbusining birinchi darajadagi aybdori”, “islomiy mutafakkir”; Kiprning grek qismi matbuotida “hududlarini allaqachon oshib o’tgan xizmat harakatining otasi” va Shvetsiya matbuotida “AQShlik voiz”, “musulmon lider”, “badarg’adagi islomchi voiz” degan ifodalarga o’rin berilgan.

Fethullah Gulen  ‘ijobiy’ identifikatsiya g'ayratida

G’arb mediasi FETOning Turkiyaga qarshi bo’lgan uslubi, so’ngi yillargacha zakot, qurbon eh’soni nomi ostida Turk xalqining xayirsevarligini suistimol qilib to’plagan pullar bilan, olib borgan lobichilik faoliyatlarining ham katta hissasi bo’lgani maydonga chiqargan taxlildir.  G’arb media organlari bilan tashkilot a’zolari o’rtasidagi yaqin aloqalar, farqli chet ellik siyosatchilarning Turkiyaga qarshi hisobot yozishi uchun berilgan moliyaviy yordamlar esa bahs mavzusi lobi faoliyatlarining ochiq namunasi sifatida ko’rinmoqda.

G’arb mediasining bundan avval, PKK va PYD bilan aloqali xabarlarda ifoda etgan so’zlariga nazar solganda, bu uslubi Turk xaqi uchun bilingan vaziyat. PKK va PYDni ‘Partizan’, ‘Kurt jangarlar’ kabi ifoda etgan g’arb mediasi, yana bir bor, Turkiyaga qarshi noqonuniy ishlar olib borgan, yuzlab insonning o’limiga, minlarchasining jarohatlanishiga sabab bo’lgan FETO va to’da boshi Fethullah Gulen uchun ‘ijobiy’ identifikatsiyani davom ettirmoqda.

Bosh mudir o’rinbosari Ekrem Okutan bahs mavzusi tekshiruvlar bilan aloqali Anado’li Xabar Agentligi muxbiriga intervyu berdi. Okutan, tekshiruvlar mavzusida xalqaro matbuotda joy olgan xabarlarning haqiqatda FETOning kimlarga xizmat qilganini bildirib, xalqaro matbuotning Turkiyada demokratiya bahs mavzusi bo’lganda, sinifda qolganini ifoda etdi.



Aloqador xabarlar