Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mevlud Chavushog’lu Kyodo xabar agentligiga intervyu berdi

Mevlud Chavushog’lu:"Fathullohchi terror tashkiloti lideri Fathulloh Gulenni Turkiyaga qaytarish talabiga Amerika javob bermasa, bu vaziyat ikki davlat munosabatlariga jiddiy zarar beradi"

551542
Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mevlud Chavushog’lu Kyodo xabar agentligiga intervyu berdi

Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mevlud Chavushog’lu Yaponiyaning Kyodo xabar agentligiga intervyu berdi.

Intervyuda Fathullohchi terror tashkiloti lideri Fathulloh Gulenni Turkiyaga qaytarish talabiga Amerika javob bermasa, bu vaziyat ikki davlat munosabatlariga jiddiy zarar berishini ma’lum qiladi Mevlud Chavushog’lu.

Uning aytishicha, to’ntaruv tashabbusidan so’ng, Fathulloh Gulen harakatiga aloqadorlikda gumon qilingan shaxslarga doir olingan chora-tadbirlar konstitutsiyaviy nizom va qonun-qoidalar asosida yuritilmoqda.

To’ntaruv tashabbusining mamlakat iqtisodiyotiga ko’rsatgan ta’siriga to’xtalgan Chavushog’lu, Turkiya darhol zarur chora-tadbirlarni olganini va yapon firmalar Turkiyaga investitsiya kiritishga taklif qilinganini ma’lum qildi.

Intervyuda Turkiya Prezidenti R.T.Erdog’anning Rossiya ziyoratiga ham o’rin berildi.

Bu haqda gapirib o’tgan Chavushog’lu, ikki davlat o’rtasidagi munosabatlar qayta tiklanganini aytib, bu holat mintaqadagi muammolarning yechimiga ham ijobiy ta’sir ko’rsatishini ma’lum qildi.

Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mevlud Chavushog’luning aytishicha, Turkiyaning Suriya Davlat rahbari Beshar Asadga nisbatan fikri o’zgarmadi.

 

 

 



Aloqador xabarlar