Binali Yildirim:"Fathulloh Gulen bilan aloqador bo'lgan shaxslar jinoiy javobgarlikka tortiladi"

Binali Yildirim: “4897 kishining davlat idoralarida mehnat qilish huquqi cheklandi. Bulardan 3000dan ko’pi askar, bir qismi sudya, bir qismi oddiy davlat xodimi..."

551652
Binali Yildirim:"Fathulloh Gulen bilan aloqador bo'lgan shaxslar jinoiy javobgarlikka tortiladi"

Turkiya Bosh vaziri Binali Yildirim Fathullohchi terror tashkiloti tomonidan tashkil qilingan va bugungacha o’zlaridan boshqa hech kimga ayon bo’lmagan maxsus aloqa tarmog’i fosh qilinganini bildirdi.

Uning aytishicha, bu tarmoqdan foydalangan 50000 ta shaxs aniqlandi va xozirda ular ustidan tekshiruv ketmoqda.

Turkiyada 76597 ta xodim ishdan chiqarilganini ma’lum qilgan Binali Yildirim: “4897 kishining davlat idoralarida mehnat qilish huquqi cheklandi. Bulardan 3000dan ko’pi askar, bir qismi sudya, bir qismi oddiy davlat xodimi. Vaqtinchalik ishdan chiqarilganlar, hamda davlat idoralarida ishlash huquqi cheklanganlarning jami to’plami 81494 nafarni tashkil qiladi”.

Binali Yildirim ma’lum qilishicha, hukumatni to’ntarish tashabbusiga shaxsan qatnashgan yoki uzoqdan aloqasi bo’lgan, bunga zamin tayyorlashda faol ro’l o’ynagan barcha shaxslar birma-bir aniqlanib, jinoiy javobgarlikka tortiladi.

Bosh vazir Binali Yildirim Suriya masalasiga ham to’xtaldi.

Yildirim: “Suriya masalasida kelgusi 6 oy ichida muhim o’zgarishlar kuzatilishi mumkin”,-dedi.

24 avgust kuni Amerika prezidenti o’rinbosari Joe Biden Turkiyaga tashrif buyurishini ma’lum qilgan Binali Yildirim: “Amerika bilan Turkiya o’rtasida Fathulloh Gulenning qaytarilishidan ham muhimroq masala yo’q”,-dedi.



Aloqador xabarlar