Prezident Erdog’an Yevropani tanqid qildi

Prezident Rajap Tayyip Erdog’an, 15-iyul kuni qo’l urilgan to’ntarish tashabbusi ortidan yetarli darajada Turkiyani qo’llab-quvvatlamagan Yevropani tanqid qildi.

551032
Prezident Erdog’an Yevropani tanqid qildi
cumhurbaşkanı alman televizonu rtl1.jpg

Prezident Rajap Tayyip Erdog’an,  15-iyul kuni qo’l urilgan to’ntarish tashabbusi ortidan yetarli darajada Turkiyani qo’llab-quvvatlamagan Yevropani tanqid qildi.

Prezident Erdog’an, Olmoniyaning RTL kanaliga bergan intervyusida Fetullah terror tashkiloti, Parallel Davlat qurilishi tomonidan 15-iyul kuni qo’l urilgan to’ntarish tashabbusi va Yevropa ittifoqining bunga muomalasi, vizasiz rejim va Olmoniya sudi haqida gapirdi.

Turk demokratiyasiga qarshi tashabbus qilingan to’ntarishga qarshi yetarli darajada Turkiyani qo’llab-quvvatlamagan Yevropani tanqid qilgan Erdog’an,

“15-iyul kechasi Turkiya to’ntarishga tashabbus qilindi. 18-iyul kechasi esa Olmoniya kantsleri Angela Merkel menga qo’ng’iroq qildi va ‘yuz bergan voqealar bizni xavotirga solmaydigan darajada’ degandek gapirdi. Albatta bu muomala bizni ranjida qilmoqda” deya gapirdi.   

To’ntarish tashabbusiga qarshi Yevropa tomonidan qo’llab-quvvatlanishni kutganliklarini tilga olgan Erdog’an Parijda, terrorga qarshi bir yoqadan bosh, bir yengdan qo’l chiqargan Yevropadan Turkiya uchun ham huddi ana shunday muomala kutganliklarini, hech bo’lmaganida bitta vakil yuborishlari kerakligini lekin buning amalga oshmaganligini ta’kidladi.

FETOning to’ntarish tashabbusi tufayli 240 kishining jon berganligi va 2 mingdan ortiq kishining esa tan jarohati olganligiga e’tibor qaratgan Erdog’an,

“Turk demokratiyasiga qarshi qo’l urilgan to’ntarish tashabbusi ortidan Turkiyaga faqatgina Yevropa kengashi Bosh kotibi, bitta Yevropa vaziri va Qatar Tashqi ishlar vaziri tashrif buyurdi. Vaziyatning bu nuqtaga kelishi bizni ranjida qildi” degan ifodalarga o’rin berdi.  

Prezident Erdog’an bundan ikki hafta oldin Olmoniyaning Kyoln shahrida bo’lib o’tgan va To’ntarishga qarshi uyushtirilgan mitingda telekonferentsiya tizimi orqali aloqa o’rnatishiga Olmoniya Konstitutsiyaviy sudining ruxsat bermaganligini ham tanqid qilar ekan, “Men Olmoniya Konstitutsiyaviy sudini bu borada hurmat qilmayman” dedi.  

Vizasiz rejim va YI-Turkiya o’rtasidagi “Qayta qabul kelishuvi” masalasiga ham to’xtalgan Prezident, Yevropaning vizasiz rejimi haqida bergan va’dasining ustidan chiqmaganligini, bunga qarshi Turkiyaning ham qayta qabul kelishuviga amal qilolmasligini qayd etdi.

Shuningdek Prezident, Yevropa ittifoqining 53 yildan beri turli mavzulardagi chalg’itishlarining qabul qilinmay turgan darajada ekanligini ham ta’kidladi.

Turkiya-Suriya chegarasida yuz berayotgan voqealarga ham to’xtalgan Erdog’an, muammolarni hal qilish borasida NATOning Turkiyani yolg’iz qoyayotganligini tilga oldi.

Suriya tomonidan otilgan bombalar natijasida odamlar o’layotganligini belgilab o’tgan Prezident, bugun bo’lmasa NATOning qachon Turkiyaning yonida bo’lishini qayd etdi.

Suriyaning Halab shahriga ham e’tibor qaratgan Prezident, Halab aholisiga gumanitar yordam yetkazish muammosining tez kunlarda hal qilinishi kerakligini ta’kidlab o’tdi.

Erdog’an, Rossiya ziyorati chog’ida Suriyaning Halab masalasini kun tartibiga olib chiqganligini aytib o’tdi.

Mintaqa xalqini himoya qilishning ahamiyatiga to’xtalgan Erdog’an,

“Gumanitar yordam yetkazib berish uchun yo’laklar barpo etiladi. Bu muammoni Rossiyaning yordami natijasida hal qilishimizga ishonchim komil” dedi.



Aloqador xabarlar