Prezident Erdog’an, Javad Zarifni qabul qildi

Rasmiy ziyorat uchun Anqaraga tashrif buyurgan Eron Tashqi ishlar vaziri Javad Zarifni Bosh vazir Binali Yildirim ham qabul qildi.

551222
Prezident Erdog’an, Javad Zarifni qabul qildi

Prezident Erdog’an rasmiy ziyorat uchun Anqaraga tashrif buyurgan Eron Tashqi ishlar vaziri Javad Zarifni qabul qildi.

Eron Tashqi ishlar vaziri qabul ortidan Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’li hamrohligida 15-iyul kechasi Fetullahchi terror tashkiloti a’zolari tomonidan bombalangan Turkiya Buyuk Millat Majlisini aylanib chiqdi.

Majlisning ziyon yetkazilgan nuqtalarini tomosha qilgan va ana shu kecha haqida ma’lumot olgan Zarif, ayni vaqtda 15-iyul voqeasi haqidagi xavotirchiligini bildirdi.

Zarif huddi shunga o’xshash voqeaning bundan 100 yil muqaddam Eron majlisida ham yuz berganligini, shuning uchun ham Turkiyaning bu haqidagi tashvishlarini tushunib turganligini ifodaladi.

Eron Tashqi ishlar vaziri, Bosh vazir Binali Yildirim tomonidan ham qabul qilindi.



Aloqador xabarlar