Binali Yildirim, ISP yig'ilishida ishbilarmonlarga xitob etdi

Ishbilarmonlarga xitob etgan Binali Yildirim, betartiblik va inqiroz kutganlarning umidi yana bir bor puchga chiqganligini ta’kidladi.

551104
Binali Yildirim, ISP yig'ilishida ishbilarmonlarga xitob etdi

Bosh vazir Binali Yildirim, 15-iyul kuni yuz bergan to’ntarish tashabbusining Turkiya iqtisodiyotiga ziyon yetkazmaganligini aytdi.

Bosh vazir Binali Yildirim Istanbul sanoat palatasi tomonidan uyushtirilgan “Turkiyaga ishonganlar, Turkiyada ishlab chiqarganlar” deb nomlangan yig’ilishda, video-konferentsiya orqali ishtirok etdi.

Fetullahchi terror tashkilotining 15-iyuldagi to’ntarish tashabbusining, Turkiya iqtisodiyotiga ziyon yetkazmaganligini ta’kidlagan Binali Yildirim, FETO/ PDY ning Turkiya borasida o’zgacha ko’z qarash yaratish dardida ekanligini belgilab o’tdi.

Betartiblik va inqiroz kutganlarning umidi yana bir bor punchga chiqganligini ta’kidlagan Bosh vazir,

“Bugungi kunda demokratiyamiz ham, iqtisodiyotimiz ham joy-joyida. Bank tarmog’imiz, moliya tarmog’imiz o’z ishini davom ettirmoqda” dedi.

Fetullahchi terror tashkilotining tashqarida, Turkiya haqida salbiy ko’z qarash yaratish niyatida ekanligini belgilab o’tgan Bosh vazir Yildirim, yig’ilishda ishtirok etgan chet ellik investorlarga ham,

“Siz yashagan diyorlarda, haqiqiy Turkiya haqida kerakli ma’lumotlarni tarqatish, sizning xalqaro vazifangiz hisoblanadi” dedi.

Turkiya uchun vaqtning qanchalik muhim ekanligiga to’xtalib o’tgan Binali Yildirim, 2023 rejalariga e’tibor qaratib, investorlarni, har qanday qulaylik bilan ta’minlamoqchi ekanliklarini aytdi.

 

 

 



Aloqador xabarlar