YI, Turkiya bilan hamjihatliligini davom ettirmoqchi

Bu haqida, Yevropa ittifoqi kengashi tomonidan yozma ravishda izohot berildi.

550663
YI, Turkiya bilan hamjihatliligini davom ettirmoqchi

Yevropa ittifoqi, PKK terror tashkiloti tomonidan tunov kuni Turkiyaning Mardin va Diyarbakir viloyatlarida uyushtirgan terakt ortidan Turkiyaning yonida ekanligini bildirdi.

Yevropa ittifoqi kengashi tomonidan yozma ravishda berilgan izohotga ko’ra, Turkiyaning yana bir bor Mardin va Diyarbakir viloyatida terror tashkiloti tomonidan nishonga olinganligi belgilab o’tildi. Shuningdek teraktda jon berganlarning oilalariga ta’ziya izhor etilar ekan, tan jarohati olganlarga esa shifo tilandi.

Izohotda,

“YI Turkiya, turk hukumati va turk xalqi bilan o’z hamjihatliligini davom ettiradi. Turk rasmiylari, murakkab kunlarni boshdan kechirmoqda. Bular orasida YI ning terror ro’yhatiga kiritilgan PKK terror tashkilotining dahshatli o’yinlari ham mavjud” deyilgan.

Diyarbakirning Sur tumanida, politsiya mashinasiga qarshi PKK terror tashkiloti a’zolari tomonidan hujum uyushtirilgan edi. Bomba yuklangan mashina orqali uyushtirilgan hujum oqibatida, bir oiladan 5 kishi jon bergan bo’lib, 12 kishi esa tan jarohati olgan edi. Tan jarohati olganlardan 5 nafarining esa politsiya xodimlaridan ekanligi aniqlangan edi.

Mardinning Kiziltepa tumanida esa, PKK terror tashkiloti a’zolari tomonidan bomba yuklangan va yo’l chetiga to’xtatib qo’yilgan bir mashina, xavfsizlik xodimlarini olib ketayotgan zirhli mashinaning o’tar chog’ida portlatilgan edi. Oqibatida 1 nafar politsiya xodimi shahid bo’lgan edi. Undan tashqari 2 nafar tinch aholi ham jon berar ekan 30 kishi tan jarohati olgan edi. Tan jarohati olganlardan 5 nafarining politsiya xodimlaridan ekanligi aniqlangan edi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Yevropa ittifoqi , #hamjihatlilik

Aloqador xabarlar