Mevlud Chavushog'lu chet eldagi harbiylar haqqida mulohaza bildirdi

Mevjud Chavushog'lu 15 iyul kungi to'ntaruv tashabbusi bilan aloqali ayrimlarining oilalari bilan birga Italiyaga qochib ketganini bildirdi.

550119
Mevlud Chavushog'lu chet eldagi harbiylar haqqida mulohaza bildirdi

Tashqi ishlar vaziri Mevlud Chavushog'lu 15 iyul kungi to'ntaruv tashabbusi bilan aloqali Anqaraga chaqirilgan Yunonistondagi ikki harbiy atashaning, oilalari bilan birga Italiyaga qochib ketgani bildirildi.

Bir televideniya dasturida jonli efirga chiqgan Chavushog'lu, Yunonistonda bo'lgan bu kishilarning 6 Avgust kuni kemaga minib Italiyaga o'tganini bildirib, "Polkovnik Halis Tunchning ukasi Niderlandiyada. Niderlandiyaga ham borish e'htimoli nazarga olingan holda har ikki davlatga ham xabar beramiz. Ayrim quyu mahkamalar bu kishilarni Turkiyaga qaytarib berishni rad etmoqda. Bizlar bu kishilarning Turkiyada adolatga javob berishini istaymiz" dedi.

Chavushog'lu, "Bizning Afg'onistonda harbiy kuchimiz bor. Bu yerdagi ikki polkovnik Dubayga borgan. Birlashgan Arab Amirliklari ularni qo'lga oldi va Turkiyaga toshirdi. Qochganlar ham bo'ldi. Misol Bangladeshda ikki davlat xodimi New  Yorkga qochib ketgan. Kazandagi bir kishi Yaponiyaga borgan edi. Turkiyaga kelishini talab qilgan insonlar uchun berilgan muddat nihoyasiga yetdi. Fehtullah terror tashkiloti bilan aloqasi bo'lgan kishilar bilan bog'liq kirishuvlar davom etmoqda" dedi.

Tashqi ishlar vaziri, Fethullah terror tashkilotining to'da boshi Fethullah Gulenni Turkiyaga qaytarish mavzusida, Amerikadan hanuz bir javob olinmaganini izohladi.

Turkiyaning, Amerikadan, Gulenni qaytarishini istaganini eslatgan Chavushog'lu, "Adolat vazirligi bir maktub yubordi. Amerikadan bir hayat tashrif etadi. Undan keyin yuqori darajada ziyoratlar amalga oshirilishi kutilmoqda. Ushbu hamkorlikning samarasini kutamiz. AQSh kotibi Kerry va bosh vazir o'rinbosari Joe Biden Turkiyaga kelishlarini bildirgan, bu keyingi kunlarda ma'lum bo'ladi" dedi.

To'ntaruv tashabbusini qo'llab-quvvatlaganlar bo'lganini ifoda etgan Mevlud Chavushog'lu, Bularni Turk Quroli Kuchlaridan tozalanishi kerakligini bildirib, "Injirlik harbiy bazasidagi faoliyatlar ham cheklandi. Bunlar tadbir maqsadi bilan tatbiq etildi. Endi esa bir muammo yo'q. DEASHga qarshi samolyotlar parvoz qilmoqda. Bu jarayonda hamma birga DEASHga diqqat qaratmoqchi bo'lar ekan, aloqalarimiz uzilganda ham biz bunga chorladk" deb ifoda etdi.

Rossiya bilan aloqali va Prezident Rajab Toyyib Erdo'g'anning bu o'lkada amalga oshirgan ziyoratini baholagan Tashqi Ishlar Vaziri, o'zaro aloqalarning ham tomonli va bundan keyin tashlanadigan qadamlarning ko'zdan kechirilganini bildirdi.

Tashqi ishlar vazirliklari, razvetkalar o'rtasida 3 tomonli aloqalar olib boradigan kishilarning Sank Peterburgga yuborilganini takidlagan Chavushog'lu, boshqa mavzularda ham tezkor qadam tashlanishini izohladi.

Chavushog'lu; "G'arbga Turkiya bilan Rossiya aloqalarining muvozanatga kirishi bilan bir narsa boy bermaydilar, siz to'ntaruvdan keyin izlagan siyosatingiz bilan Turkiyani boy berdingiz. Xalqimiz ham buni his etgan" deb so'zladi.

Suriyaning kelajagi mavzusida Turkiyaning Rossiya bilan ayni fikirda bo'lganini takidlagan Chavushog'lu, "Turli etnik guruhlar bor, shuning uchun hammani o'z ichiga oladigan bir siyosiy yechim yo'li borasida hamfikirmiz."

Esad mavzusining faqat Turkiya bilan Rossiya o'rtasida bir masala bo'lmaganini, Esadning ketishi kerakligin aytgan o'lkalar sonining ko'p bo'lganiga diqqat qaratgan Mevlud Chavushog'lu, "Asosan Ko'rfaz hududida barcha davlatlar Esadning ketishi kerakligini aytadi, biz ham shunday o'ylaymiz. 500 ming kishini o'ldirgan bir rejimning o'lkani boshqarishga davom etishi bahs mavzusi bo'lmaydi" dedi.



Aloqador xabarlar