Turkiya va Rossiya rasmiylari Turk oqimi loyihasini tezlashtirish tarafdori...

“Turkiya Energetika vazirligi bilan loyihani rivojlantirish xususida yaqindan hamkorlik qilamiz”,-deydi Rossiya Energetika vaziri Aleksandr Novak.

548855
Turkiya va Rossiya rasmiylari Turk oqimi loyihasini tezlashtirish tarafdori...
Rusya Ekonomi kalkınma bakanı.jpg

Rossiya Energetika vaziri Aleksandr Novak Sankt Paterburg shahrida Turkiya Prezidenti R.T.Erdog’an bilan Rossiya Prezidenti Vladimir Putin o’rtasida bo’lib o’tgan uchrashuvdan so’ng, bayonot berdi.

Novak ma’lum qilishicha, turk oqimi tabiiy gaz quvur tarmoq loyihasi bo’yicha dastlabki tarmoqning qurilish ishlari 2019 yilining o’rtalariga tomon boshlanadi.

“Turkiya Energetika vazirligi bilan loyihani rivojlantirish xususida yaqindan hamkorlik qilamiz”,-deydi Rossiya Energetika vaziri Aleksandr Novak.

Rossiya turk oqimi loyihasining poydevoriga doir rejani tayyorlab, Turkiyaga topshirganini ma’lum qilgan Novak, Turkiya esa, loyiha xususidagi ba’zi ruxsatlarni olib, jarayonni tezlashtirishini, qisqasi Turkiya delegatsiyasi bunga va’da berganini ta’kidladi.

Turk oqimi loyihasini jadallik bilan amalga oshirish xususida bu sohada ixtisoslashgan malakali kadrlardan iborat maxsus guruh tuziladi.

Bu haqda ma’lum qilgan Rossiya Energetika vaziri Aleksandr Novak: “Dastlab loyiha asosida ikkita tarmoqning qurilishi rejalanmoqda. Lekin, undan keyingi jarayonda nazariy jihatdan ba’zi qo’shimcha faoliyatlarni amalga oshirish mumkin”,-dedi.

Darvoqe, kecha Erdog’an va Putin uchrashuvdan so’ng, turk oqimi loyihasining hayotga tadbiq etilishida ikki davlat rasmiylari hamfikr ekanini ma’lum qilgan edi.

Rossiya Iqtisodiy taraqqiyot vaziri Aleksey Ulyukayev Erdog’an bilan Putinning uchrashuvidan so’ng matbuotga bergan bayonotida, Turkiyadan oziq-ovqat importi mazkur yil oxirigacha takror yo’lga qo’yilishini ma’lum qilib, Rossiya ham bu mahsulotlarning belgilangan standartlarda bo’lishiga ishonishi kerakligini, Turkiya ham bu ishonchni oqlashi kerakligini bildirdi.

Eslatma: Rossiya 2016 yilning 1 yanvar kunidan e’tiboran, Turkiyadan pomidor, olma, o’rik, karam, tuz, brokoli, mandarin, apelsin, bodring, nok, shaftoli, olcha, uzum, kulupnoy, piyoz, qalampir, tovuq va g’ulg’ul go’shti importini man qilish to’g’risida qaror qabul qilgan edi.

 



Aloqador xabarlar