“Newsweek” jurnalida Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mevlud Chavushog’luning maqolasi chop etildi

Chavushog’lu o’z maqolasida, terror tashkiloti PKK va DAIShga qarshi kurash olib borgan Turkiya 15 iyulda demokratiyani oyoq osti qilishga uringan Fathullohchi terror tashkilotiga qarshi o’z kuchini ko’rsatganini ma’lum qildi.

547991
“Newsweek” jurnalida Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mevlud Chavushog’luning maqolasi chop etildi

Amerikada nashr qilingan “Newsweek” jurnalida Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mevlud Chavushog’luning 15 iyulda ro’y bergan davlatni to’ntarish tashabbusi va bunga doir jarayon haqida yozgan maqolasi chop etildi.

Chavushog’lu o’z maqolasida, terror tashkiloti PKK va DAIShga qarshi kurash olib borgan Turkiya 15 iyulda demokratiyani oyoq osti qilishga uringan Fathullohchi terror tashkiloti-Parallel davlat tuzilishiga (FETO/PDY) qarshi o’z kuchini ko’rsatganini ma’lum qildi.

15 iyul voqealari Turkiya demokratiyasi uchun kobusga aylanishga bir bahya qolganini tilga olgan Chavushog’lu, askarlar safiga kirib olgan Fathullohchi xoinlar o’sha kuni tunda Prezident Erdog’anni, konstitutsiyaviy tartibni va demokratik ravishda saylangan hukumatni to’ntarish uchun qonli rejasini amalga oshirganini ma’lum qildi.

“Turkiya davlatining irodasi, xalqi bilan hamjihatlikda harakat qilishi natijasida to’ntarish bostirildi”,-deb yozadi Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mevlud Chavushog’lu.

Mamlakatda e’lon qilingan favqulodda holatga ham to’xtalib o’tgan Chavushog’lu: “Bu qaror Fathulloh Gulen harakatiga qarshi kurashda tezkor va faol natija olish hamda ko’p o’tmay vaziyatni izga tushirish maqsadida olindi. Fathulloh Gulen harakatiga qarshi kurashimizni muvaffaqiyatli yakunlab, favqulodda holatni tugatishni rejalashtiryabmiz”.

G’arb davlatlar to’ntaruv tashabbusi oldida Turkiyani yetarlicha qo’llab quvvatlamaganini tilga olgan Chavushog’lu: “Turklar va ba’zi Yevropa davlatlarida yashagan do’stlarimiz Turkiyani qo’llab quvvatlash maqsadida turli mitinglar o’tkazar ekan, g’arb davlatlarining hukumatlari turlicha bahonalarni ilgari surib, vaziyatga e’tiborsiz yondashgani achinarli holat. Bu jarayonda xorijdagi do’stlarimizdan hamjihatlik va hamkorlik kutib qolamiz. Shu sababli har doimgidek, ular bilan hamkorlikka tayyormiz”,-dedi.

 

 



Aloqador xabarlar