Turkiya bo'ylab mitinglar davom etmoqda

15 iyul kungi to'ntaruv tashabbusiga norozichilik ko'rsatish uchun 81 viloyatda xalq maydonlarda miting o'tkazmoqda.

546248
Turkiya bo'ylab mitinglar davom etmoqda
çavuşoğlu kısıklı.jpg
taksim sümeyye erdoğan.jpg

Fethullah terror tashkilotining 15 iyul kungi to'ntaruv tashabbusiga norozichilik ko'rsatish uchun 81 viloyatda xalq maydonlarda miting o'tkazmoqda.

Prezident Rajab Toyyib Erdo'g'anning "Maydonlarga chiqing" chaqirig'iga quloq solgan har yoshdagi insonlar, to'ntaruvga norozichilik ko'rsatib mitinglar o'tkazmoqda.

Anqarada 15 iyl kuni Qiziloy Maydonida ham, 7 dan 70 yoshgacha insonlar mitingda edi.

To'ntaruvga tashabbus etganlarga ilk o'q otgan shahid afitser O'mer Halisdemirning qarindoshlari ham miting maydonida edi.

Anqara shahar hokimiyati rahbari Melih Go'kchen, O'mer Halisdemirnig ismini Anqarada yashatilishini izohladi.

Anqara shahar hokimiyati Mehter guruhi gimn ijro etdi.

Mitingda Falastinli va Livanli xonandalar ham dastak berdi.

Falastinli shoir Jihad et-Turbani yozgan "15 iyul qarornomasi" nomli sherning so'zlarini Livanli "Gruba" guruhi bastaladi.

Bu qo'shiqlar mitnigga qatnashganlarga tuyg'u to'la lahzalar yashatdi.

Insonlar gavjum bo'lgan joylardan biri esa Prezidentik Saroyidagi Millat Jomesining oldi bo'ldi.

Kecha yarmi vatansevarlar birlashib demokatiyani qo'llab-quvvatladilar.

Istanbuldagi mitingni go'yoki bir shodiyonaga aylantirgan minglab inson, Turk bayroqlari bilan maydonlarda edi.

Taksimda gimn hamrohligida, demokratiya haqqida bayonotlar berildi.

Oila v aIjtimoiy ishlardan mas'ul vazir Fatma Betul Sayin Kaya bilan Prezident Erdo'g'anning qizi Sumeyra Erdo'g'an Bayraktar ham Taksimdagi mitingga qatnashdi.

Prezident Erdog'anning uyi bo'lgan Kisiklida ham xalq ilk kundan beri maydonlarni bo'sh qo'ymadi.

Kisikli maydoni yana gavjum olomonni bag'riga bosdi.

Tashqi ishlar vaziri Mevjud Chavushog'lu ham demokratiya mitingi uchun Kisiklida edi.

Istanbuldagi barcha maydonlarda bo'lgani kabi, xalq qo'llarida Turk bayroqlari bilan tong otgunicha miting uyushtirilgan maydolarda bo'lishga davom etmoqda.



Aloqador xabarlar