Ibrahim Kalin, Suriya masalasiga Rossiya bilan yechim topilishini bildirdi

Prezidentlik voizi Ibrahim Kalin, Suriya masalasiga Rossiya bilan birgalikda siyosiy bir yechim topishni istaganliklarini izohladi.

545725
Ibrahim Kalin, Suriya masalasiga Rossiya bilan yechim topilishini bildirdi

Prezidentlik voizi Ibrahim Kalin, Suriya masalasiga Rossiya bilan birgalikda siyosiy bir yechim topishni istaganliklarini izohladi.

Rus Xabar Agentligi TASSga ma'ruza qilgan voiz Kalin, "Bu mavzuda har doim Rossiya bilan hamkorlik yo'lllari izladik. Suriyada siyosiy jarayonning tezkor muvozanatga kirishi uchun Rossiya bilan hamkorlik qilishni istaymiz" dedi.

Kalin, Rossiya bilan Turkiyaning 2015 Sentyabr oyi daslab Sochida, keyin Moskvada amalga oshirgan uchrashuvlari bilan Xalqaro Suriyaga Dastak Guruhini vujudga keltirish uchun negiz tayyorlaganini bildirdi.

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin va Prezident Rajab Toyyib Erdo'g'anning 9 -Avgust kuni Sant Peterburgda bo'ladigan uchrashuviga ham to'xtalib o'tgan Kalin, kun tartbida avvalo o'zaro aloqalar, Suriya tarangligi va terrorga qarshi kurash mavzulari bo'lishini bildirdi.

Putin bilan Erdo'g'an o'rtasida kelgusi hafta bo'ladigan yig'ilishning aloqalarga ijobiy aks etishini ifoda etgan Kalin, "Aloqalarni tiklash jarayoni, mushtarak tashlanadigan qadamlar, har ikki o'lka manfaatlariga xizmat qilib mintaqaviy va kurraviy masalalarga yechim topadi" dedi.

Ibrahim Kalin, "Anqara, Moskva bilan yaqin hamkorikni davom ettirmoqda. Shuningdek yangi loyihalar uchun ham faoliyat olib borilmoqda. Bu jihatdan muhim mavzu, tashlangan mushtarak qadamlar" dedi.

Qolaversa, to'ntaruv tashabbusidan keyin Putinning Turkiyani dastaklashining maqtovga sazovor bo'lganini bildirgan Kalin, "Putinning Erdo'g'anga to'ntaruv tashabbusiga norozichilik ko'rsatish uchun qo'ng'iroq qilib muhim bayonotlar bergan. To'ntaruvning oldi olingach Turkiyada rahbarlik va boshqaruv yana ham kuchlandi, demokratiya ham mustahkamlashdi. Bu jihatdan Rossiya-Turkiya aloqalari ham tiklanadi" deb so'zladi.



Aloqador xabarlar