Turkiya Prezidenti R.T.Erdog’an Qatar amirining otasi Hamad Bin Halifa Al Sanini qabul qildi

Mazkur ziyorat Fathullohchi terror tashkiloti-Parallel davlat tuzilishi tomonidan 15 iyulda sodir qilgan to’ntaruv tashabbusi oldida Turkiya hukumatini qo’llab quvvatlash maqsadida amalga oshirilgani ma’lum bo’ldi.

545461
Turkiya Prezidenti R.T.Erdog’an Qatar amirining otasi Hamad Bin Halifa Al Sanini qabul qildi

Turkiya Prezidenti R.T.Erdog’an Ankaraga tashrif buyurgan Qatar Amiri Shayx Temim Bin Hamad Al Sanining otasi Hamad Bin Halifa Al Sanini qabul qildi.

Prezidentlik manbalaridan olingan ma’lumotga ko’ra, uchrashuv payshanba kuni oqshom paytlarda Beshtepadagi Davlat qarorgohida amalga oshirilgan.

Mazkur ziyorat Fathullohchi terror tashkiloti-Parallel davlat tuzilishi tomonidan 15 iyulda sodir qilgan to’ntaruv tashabbusi oldida Turkiya hukumatini qo’llab quvvatlash maqsadida amalga oshirilgani ma’lum bo’ldi.

Hamad Bin Halifa Al Sani qabul chog’ida, Prezident Erdog’anga va butun turk xalqiga hamdardlik bildirar ekan, Qatar davlati Turkiya bilan har sohada hamkor ekanini tilga olgan.

 



Aloqador xabarlar