Turkiya haqida yolg'on xabar tarqatgan NBC Nyu Yorkda qoralanmoqda

NBC Turkiya Prezidenti R.T.Erdog’anning to’ntaruv jarayonida Germaniyadan boshpana talab qilgani va samolyoti Germaniyaga tomon uchgani haqida yolg’on xabar tarqatgan edi.

545599
Turkiya haqida yolg'on xabar tarqatgan NBC Nyu Yorkda qoralanmoqda

Fathullohchi terror tashkiloti-Parallel davlat tuzilishining Turkiya davlatini to’ntarish tashabbusi jarayonida Turkiyaga qarshi yolg’on xabarlarni tarqatgan Amerikaning NBC telekanali Nyu Yorkda qoralandi.

Bir paytlar federal tergov byurosida (FBI) tarjimon bo’lib ishlagan va xabar sayti Newsbudning redaktori Sibel Edmonds NBCning bunday faoliyatlariga qarshi kurashmoqda.

NBC Turkiya Prezidenti R.T.Erdog’anning to’ntaruv jarayonida Germaniyadan boshpana talab qilgani va samolyoti Germaniyaga tomon uchgani haqida yolg’on xabar tarqatgan edi.

NBC telekanalining markaziy binosi oldida o’tkazilgan namoyishga Kanadaning Montreal shahri va Amerikaning turli shaharlaridan kelgan turklar ham qatnashdi.

Ozarbayjon turklari va mesxeti turklari ham namoyishni qo’llab quvvatladi.

Sibel Edmonds va turk tadbirkor Ibrohim Kurtulush NBC binosi oldida matbuotga bayonot berdi.

Edmonds: “Jurnalistika etikasiga amal qilmagan NBC barchadan uzr so’rashga majbur”,-dedi.

Namoyishdan so’ng, Anadolu agentligi muhbirining savollariga javob bergan Edmonds Vashingtondagi Turkiya elchixonasi NBCga rasmiy ravishda maktub jo’natganini va bu maktubga javob berilmaganini ma’lum qildi.

Edmonds: “Bunday yolg’on xabarning uydirilib, tarqatilgani tasodifan bo’lgan narsa emas. Bu qasddan ataylab amalga oshirilgan hodisa. NBC bu xatosi bilan Turkiyadagi to’ntaruv tashabbusida shaxsan ro’l o’ynadi. Bu nafaqat Amerikani, balki butun dunyoni yaqindan qiziqtirgan voqea. Bir media tashkilotining yolg’on xabarni bilgan holda tarqatishidan maqsad Turkiyadagi to’ntaruvni amalga oshirishdir. Bu ayni paytda urush taktikasidir”,-dedi.

Turkiya davlatini to’ntarish tashabbusida NBC, Pentagon, CIA va Fathulloh Gulenning ham ro’li borligini ilgari surgan Edmonds: “Bu yerdagi faktlarning barchasi to’planganda, kimning qanday ro’l o’ynagani fosh qilinadi”,-dedi.

 

 



Aloqador xabarlar