Turkiya xalqi maydonlarda to'planib dushmanga imkon bermayotir...

Turk xalqi prezident va bosh vazirning chaqiruviga binoan, 15 iyuldan beri maydonlarni tark etmayotir, insonlar qo’llarida turk bayroqlari, shiorlar, shahidlarning portretlarini ko’tarib, to’ntaruv tashabbusini qoralamoqda.

544648
Turkiya xalqi maydonlarda to'planib dushmanga imkon bermayotir...

Turkiyada Fathullohchi terror tashkiloti-Parallel davlat tuzilishining (FETO/PYD) 15 iyuldagi to’ntaruv tashabbusini qoralash maqsadida butun mamlakat bo’ylab aholi maydonlarda to’planmoqda.

Turkiya Prezidenti R.T.Erdog’an va Bosh vazir Binali Yildirimning chaqiruvi bilan 15 iyuldan beri xalq maydonlarda to’planib, dushmanga imkon bermayotir.

Jumladan, Istanbul aholisi Taksim maydonida to’plandi.

Beyog’lu hokimiyati homiyligida Mushtarak Aql platforumiga a’zo nodavlat tashkilotlarning sa’y-harakati bilan “Turkiyam” qo’shig’i Taksim maydonida jarangladi.

Nafaqat Istanbulda, balki Diyarbakirda, Mardinda, Rizeda, Batmanda o’tkazilgan mitinglarda “Turkiyam” qo’shig’i jarangladi.

Istanbulning Uskudar dahasida prezident qarorgohi oldida to’plangan aholi shiorlar bilan chiqish qildi.

Ko’chalarda insonlar turk bayrog’ini ko’tarib, to’ntaruv tashabbusini qoralar ekan, Istanbul Buyuk shahar hokimiyati qoshidagi Mehtar ansambli o’z mahoratini namoyish qildi.

Shuningdek, bunga o’xshash tadbirlar Bag’jilar dahasida ham amalga oshirildi.

Poytaxt Ankarada 15 iyuldan beri Qizilay maydonida demokratiya mitingi davom etmoqda.

Ankara xalqi prezident va bosh vazirning chaqiruviga binoan, 15 iyuldan beri maydonlarni tark etmayotir, insonlar qo’llarida turk bayroqlari, shiorlar, shahidlarning portretlarini ko’tarib, to’ntaruv tashabbusini qoralamoqda.

Zonguldak shahar markazidagi Ma’danchi yodgorligi oldida to’plangan aholi maydonga o’rnatilgan ulkan ekranlarda to’ntaruv xabarlarini tomosha qilmoqda.

Aholi Fathulloh Gulenga qarshi bosh ko’tarib, hukumat va prezident Erdog’anni qo’llab quvvatladi.

Kirkkale shahridagi Jumhuriyat maydonida to’plangan aholi prezidentga nisbatan, “Tik tur egilma, Kirkkale sen bilan birga” degan shiorlarni ko’tarib, Fathulloh Gulenning o’lim jazosiga mahkum qilinishini talab qildi.

 

 

 

 

 

 



Aloqador xabarlar