Prezident Erdog'an Meksikaning  Telvisa televideniyesiga  reportaj berdi...

Prezident Rajab Tayyib Erdo’g’an, 15- iyuldagi harbiy to’ntarish tashabbusi Fetullahchi terror tashkiloti Parallel  davlat tuzilishi ( FETO/PDY) tomonidan  amalga oshirgani  barcha dalillari bilan o’rtada dedi.

544070
Prezident Erdog'an Meksikaning  Telvisa televideniyesiga  reportaj berdi...

Prezident Rajab Tayyib Erdo’g’an, 15- iyuldagi harbiy to’ntarish tashabbusi Fetullahchi terror tashkiloti Parallel  davlat tuzilishi ( FETO/PDY) tomonidan  amalga oshirgani  barcha dalillari bilan o’rtada dedi.

Meksikaning  Telvisa televideniyesiga  reportaj bergan Erdo’g’an,

“ Harbiy  to’ntarishga tashabbus qilgan FETO ekanini bilmaslik uchun ko’r  va  kar bo’lish kerak” dedi.

FETOning to’da boshchisi Fetullah Gulenni AQShning qaytarib berishi kerak degan Erdo’g’an,

“ Biz sizdan bir terrorist istasak, u terroristni bizga berishingiz kerak. Agar bizdan hujjat talab qilsangiz, u payt  biz terrorga qarshi kurasha olmaymiz. Bizning terror bilan kurash uchun boy beradigan vaqtimiz ham  yo’q.  Bu shaklda 6 oy, 1 yil kabi zamon boy berishga sabrimiz  ham yo’q” deb ifoda etdi.

Erdo’g’an, milliy xavfsizlik strategiyasi hujjatida esa zotan bular bir terrorist tashkilot ekanini ma’lum ,qo’llarida sudya qarori bo’lganini, harbiy  to’ntarish tashabbus  oqshomi  Bosh shtab rahbari Hulusi Akarning  o’z  qo’riqlovchi ofitseri tomonidan nazoratga olinganda, ularga  Gulen bilan uchrashtirmoqchi ekanini, buning harbiy to’ntarish tomonidan ham e’tirof qilingani aytdi.

Favqulodda holat Turkiya e’lon qilingach ba’zi o’lkalar bundan nima uchun bezovta ekanini  tushuna olmaganini aytgan Erdo’g’an,

 “Biz biz harbiy to’ntarish bilan duch kelganmiz. Kimsa biz bilan bu nuqta tashlangan ushbu qadam bilan biz sizni qo’llab- quvvatlamaymiz demaydi.

Qarang  hozirgacha Yevropa kengashi, Yevropa ittifoqi, bularning hech biri Turkiyaga  maxsus namoyandalarini  yubormadilar, kelib  masalani” muhokama qilmadi.  

Harbiy to’ntarish tashabbusida Turkiya dunyo demokratiyasida  misoli ko’rilmagan bir kurashni namoyon etdi degan Prezident Erdo’g’an,

“ Bu millat olqishlanib taqdir etilishi lozim. Va buni barcha qismlar ayrim kuzatmasdan birdamlikda amalga oshirdi.  
San’atkor, sportchi keksa yoshi, barcha birgalikda harakat qildi ayrimlari  tankning tagi yotdi. Xotin- qizlar tankning qarshisida turib qarshilik ko’rsatdi. Bu millat olqishlanishi lozim. Bu millatni farqli yerlar bilan  kimsa muqoyasa qilmasin, uning uchun men millatimi bilan faxrlanaman.

Bu millat uchun har narsani fido qilishga tayyorman” deb ta’kidladi.

 



Aloqador xabarlar