Turkiyada harbiy to'ntaruv ustidan tekshiruv olib borish maqsadida komissiya tuzildi

Konstitutsiyaga binoan tuzilgan komissiya haqidagi Turkiya Oliy majlis qarori 26 iyul kuni Majlis umumiy kengashida qabul qilindi.

543054
Turkiyada harbiy to'ntaruv ustidan tekshiruv olib borish maqsadida komissiya tuzildi

Turkiya Oliy majlisida Fathullohchi terror tashkiloti-Parallel davlat tuzilishining (FETO/PYD) 15 iyuldagi harbiy to’ntaruv tashabbusini har tomonlama tekshirish maqsadida komissiya tuzilishiga doir qaror rasmiy gazetada chop etildi.

Qarorga binoan, Fathullohchi terror tashkiloti va uni boshqargan Fathulloh Gulenning barcha kirdikorlarini, qonunbuzarliklarini tekshirish, ularni fosh qilish maqsadida tuzilgan komissiya 15 a’zodan tashkil topadi.

Mazkur komissiya 3 oy mobaynida qattiq tekshiruv olib boradi. Shuningdek, komissiya zarur holatlarda Ankaradan tashqarida ham ish olib borishi mumkin.

Konstitutsiyaga binoan tuzilgan komissiya haqidagi Turkiya Oliy majlis qarori 26 iyul kuni Majlis umumiy kengashida qabul qilindi.

 



Aloqador xabarlar