Prezident Erdog'an, Favqulodda vaziyatning uzatilishi mumkinligini aytdi

Prezident Erdog'an xususiy bir kanalda, 15-iyul kuni yuz bergan to'ntarish tashabbusi oqibati haqida gapirdi.

541343
Prezident Erdog'an, Favqulodda vaziyatning uzatilishi mumkinligini aytdi
cumhurbaşkanı erdoğan açıklamalar 1.jpg

Prezident Rajap Tayyip Erdog’an, Fetullahchi terror tashkiloti tomonidan 15-iyul kuni qo’l urilgan to’ntarish tashabbusining oqibatida nazorat ostiga olinganlar sonining 18 ming 699 nafarga, qamoqqa olinganlar sonining esa 10 ming 137 nafarga yetganligini ma’lum qildi.

Prezident Erdog’anning qayd etishicha shahidlar soni 237, tan jarohati olganlar soni esa 2 ming 191 nafarga yetdi.

Shuningdek Erdog’an bostirilgan to’ntarish tashabbusi orqali xalqning ham, Fetullahchi terror tashkilotining haqiqiy yuziga guvoh bo’lganligini aytib,

“Barcha davlat idoralari va tashkilotlarida Fetullahchi terror tashkiloti a’zolari mavjud. Yurtimizni ulardan qutqarishimiz darkor. Buning uchun avvalom bor ularni ishdan boshatish orqali bir chora ko’ramiz. Bu chorani biz Favqulodda vaziyat jarayonida davom ettiramiz. Agar bunga qaramay Davlat idoralari va tashkilotlarini ulardan qutqara olmasak unda biz ham Fransiya kabi Favqulodda vaziyat jarayonini uzatishimiz mumkin” dedi.



Aloqador xabarlar