Fathulloh Gulen harakatiga aloqadorlikda gumon qilingan davlat xodimlari, harbiylar qo’lga olinmoqda

Fathulloh Gulen harakatiga a’zo bo’lib, davlatni to’ntarishga qatnashgan 36 harbiy qamoqqa olindi.

538473
Fathulloh Gulen harakatiga aloqadorlikda gumon qilingan davlat xodimlari, harbiylar qo’lga olinmoqda

Turkiyada Fathulloh Gulen harakati-Parallel davlat tuzilishiga (FETO/PDY) qarshi yuritilgan tergov doirasida Fathulloh Gulen harakatiga aloqadorlikda gumon qilingan davlat xodimlari, oliy toifali harbiylar qo’lga olinmoqda.

Fathulloh Gulen harakatiga a’zo bo’lib, davlatni to’ntarishga qatnashgan 36 harbiy qamoqqa olindi.

Tergov doirasida qo’lga olingan Havo logistika qo’mondonligida xizmat qilgan 28 harbiy kecha oqshom paytlarda Ankarada qo’lga olindi.

Bular ichida podpolkovnik Emine Gulshen Torunog’lu ham bor.

Giresun Jandarm hudud qo’mondoni general mayor Dog’ru ham Fathulloh Gulen harakatiga aloqadorlikda ayblanmoqda.

General mayor Dog’runing vertolyoti 4 iyul kuni Giresun qirlarida qulab tushgan va u xozirda “GATA” harbiy shifoxonasida davolanmoqda.

Rize viloyatida ham Jandarm razvedkasida xizmat qilgan bir podpolkovnik qo’lga olindi, Bartin viloyatida esa, 8 nafar harbiy qo’lga olindi.

Shuningdek, Xavfsizlik boshqarmasida Fathulloh Gulen harakatiga aloqadorlikda ayblangan 123 nafar politsiya xodimi qo’lga olindi, bulardan 40 nafari qamoqqa olindi.

Fathulloh Gulen harakatiga aloqadorlikda gumon qilingan 14 nafar politsiya xodimi esa, qidirilmoqda. 117 nafar xavfsizlik xodimi ishdan chiqarildi.

Giresunda 11 nafar sudya va prokuror, 5 nafar harbiy xodim, 30 nafar xavfsizlik xodimi, 6 nafar Xalq ta’limi vazirligi xodimi qo’lga olindi.

Bingo’l Yayladere mahalla komiteti raisi Ug’ur Akmeshe qamoqqa olindi.

Diyarbakirda yuritilgan tergov doirasida 382 nafar xavfsizlik xodimi, 288 nafar ta’lim xodimi va 41 nafar harbiy xodim lavozimdan chetlashtirildi.

Elazig’da tergov qilingach, sudga topshirilgan 15 nafar politsiya xodimidan 9 nafari aybdor deb topilib qamoqqa olindi, 6 nafari adliy nazoratga olinish sharti bilan qo’yib yuborildi.

22 shaharda 6 nafar sudya va prokuror qo’lga olindi, 873 nafar davlat xodimi ishdan chiqarildi.

Erzurum, Afyon, Tokat, Karabuk, Kutahiya, Manisa va Kayserida 170 nafar akademik, 66 nafar salomatlik xodimi bilan 21 nafar xodim ishdan chiqarildi.

Manisa viloyatida 21 nafar akademik va idoriy xodim, Nigde viloyatida 26 ta o’qituvchi qo’lga olindi.

Turkiya bo’ylab jami 22 shaharda davlatni to’ntarishga qatnashgan 18 kishi qamoqqa olindi, 141 kishi ustidan tergov yuritilmoqda.

Bular ichida advokatlar va tadbirkorlar ham borligi ma’lum bo’ldi.

Gaziantep imomi ekani aytilgan bir shubhali shaxs qizi va kuyovi bilan birga Belgiyaga qochayotgan paytda Kayseri aeroportida qo’lga olindi.

 

 



Aloqador xabarlar