Kurtulmush, Turkiyadagi 15-iyul kechasi va keyingi jarayonni baholadi

Bosh vazir o’rinbosari Numan Kurtulmush “Haber Turk” gazetasiga bergan intervyusida deyarli Turkiyadagi 15-iyul kechasi va undan keyingi jarayonni baholadi.

536504
Kurtulmush, Turkiyadagi 15-iyul kechasi va keyingi jarayonni baholadi

Bosh vazir o’rinbosari Numan Kurtulmush “Haber Turk” gazetasiga bergan intervyusida deyarli Turkiyadagi 15-iyul kechasi va undan keyingi jarayonni baholadi.

Numan Kurtulmush muxbirning Favqulodda vaziyat haqidagi savoliga qarshi,

“Favqulodda vaziyat xalq uchun emas aksincha davlatga qarshi bosh qoldirgan guruhga qarshidir. Konstitutsiyaga muvofiq qaror qabul qilishimizdagi eng asosiy maqsad to’ntarsihga tashabbus qilgan guruh bilan aloqada bo’lgan, ularni qo’llab-quvvatlagan kishilarni aniqlashdir” dedi.

Fetullahchi terror tashkiloti lideri Fetullah Gulenning qaytarilishi haqida esa “umidli” ekanligini aytgan Kurtulmush, “Amerika Qo’shma Shtatlarining qaysi yo’lni tanlashi o’zlarning ihtiyorida” dedi. Shuningdek o’z so’ziga,

“Bir davlatning butun demokratiyasini yer bilan yakson qilishni ko’zlagan bir tashkilot liderimi yoki 79 million turk xalqining xush ko'rishimi? Qo’shma Shtatlar rahbariyatining bu shaxs haqidagi ko’z qarashini qayta ko’rib chiqadi degan umiddaman” ifodalarini ilova etdi.

Prezident Rajap Tayyip Erdog’anning “zaiflik bor” degan ko’z qarashini takrorlagan Kurtulmush, tashkilotlarning razvedka qobiliyati jihatidan qayta tiklanishi kerakligini qayd etdi.

Numan Kurtulmush ishdan bo’shatilgan davlat xodimlarining vaziyati haqidagi savolga esa jiddiy ravishta tadqiqot ishlari yuritilishini aytar ekan,

“Ishdan bo’shatilganlar so’roq qilinadi. Ular orasidagi tashkilot bilan to’g’ridan-to’g’ri aloqasi bo’rligi aniqlanganlar uchun boshqa, to’g’ridan-to’g’ri aloqasi bo’lmaganlar uchun esa boshqa zarur ma’muriy ta’moyil yuritiladi” dedi.

 

 

 



Aloqador xabarlar