Turkiya rasmiylari mamlakatda favqulodda holat e’lon qilingani bo’yicha mulohaza bildirdi

Binali Yildirim: “Bu qaror oddiy xalqning kundalik hayotini cheklash maqsadida emas, balki davlat tartibini tezkor ravishda qaytatdan shakllantirish maqsadida olindi"

534048
Turkiya rasmiylari mamlakatda favqulodda holat e’lon qilingani bo’yicha mulohaza bildirdi

Turkiya Bosh vaziri Binali Yildirim mamlakat bo’ylab favqulodda holat e’lon qilingani bo’yicha mulohaza bildirdi.

Binali Yildirim: “Bu qaror oddiy xalqning kundalik hayotini cheklash maqsadida emas, balki davlat tartibini tezkor ravishda qaytatdan shakllantirish maqsadida olindi. Maydonlarga to’planib, isyonni bostirgan xalqimiz davlatimizning eng katta tayanchidir”,-dedi.

Favqulodda holat e’lon qilingani haqida mulohaza bildirgan Bosh vazir o’rinbosari va hukumat kotibi Numan Kurtulmush: “Parallel tashkilotga qarshi kurash uchun hukumat qonun hukmidagi qarornomadan foydalanishi mumkin”,-dedi.

Mamlakat bo’ylab olingan favqulodda holat qarori faqatgina parallel tashkilotga qarshi kurashga taalluqli ekanini tilga olgan Numan Kurtulmush: “Majlis har doimgidek o’z faoliyatini davom ettiradi”,-dedi.

Ichki ishlar vaziri Efkan Ala: “Favqulodda holat xalqimizning hayotiga hech qanday salbiy ta’sir ko’rsatmaydi. Bundan hech kim xavotir olmasin”,-dedi.

Tashqi ishlar vaziri Mevlud Chavushog’lu: “Butun dunyoda zarur holatlarda Favqulodda holat e’lon qilinadi, bu oddiy hol. Turkiyada ham xavfsizlik va demokratiya uchun bunday qaror olindi”,-dedi.

 

 



Aloqador xabarlar