Bosh vazir Binali Yildirim Qiziloy maydonida xalqga xitob qildi.

Bosh vazir Binali Yildirim, Fetullahchi terror tashkiloti ( FETO)ning   harbiy to’ntarish  tashabbusiga ishtirok etgan askar qiyofati ichida jinoyatchilar albatta  qilmishlarining javobini beradi deb bildirdi.

531672
Bosh vazir Binali Yildirim Qiziloy maydonida xalqga  xitob qildi.

Bosh vazir Binali Yildirim, Fetullahchi terror tashkiloti ( FETO)ning   harbiy to’ntarish  tashabbusiga ishtirok etgan askar qiyofati ichida jinoyatchilar albatta  qilmishlarining javobini beradi deb bildirdi.

Bosh vazir Yildirim, Anqara qiziloy maydonida FETOning harbiy to’ntarish tashabbusiga norozichilik bildirish maqsadi bilan yig’ilgan yurtdoshlarga xitob qildi.

Bosh vazir Yildirim, Anqara maydonida FETOning harbiy to’ntarish  tashabbusiga  norozichilik bildirish maqsadi bilan yig’ilgan yurtdoshlarga xitob qildi.

Yildirim, ma’ruzasida, “ millatni bo’ysuntira olmaysiz” so’zlari bilan boshladi.

Maydonda bo’lganlarga, “Siz 15- iyuldagi harbiy to’ntarish tashabbusini bartaraf  qilgan  va millatning ovozini dunyoga yetkazgan aziz millatimizning farzandlari” deb xitob qilgan Yildirim, Yurtdoshlar, “ o’lim jazosi istaymiz” deb baqirishlari  tufayli esa biz sizni tushundik deb aytdi.

Millatimizga  bomba bilan, o’q bilan, tank bilan,  qurol bilan hujum qilganlar  Turk askari bo’la olmas degan Yildirim,  shunday deb davom etdi:

“Bular askar qiyofati  ichida jinoyatchilardir.

 Bular eng shiddatli shaklda qilmishlarining badalini  to’laydi.  Harbiy to’ntarishga tashabbus qilgan parallel  to’da odamlari bilan sharafli Turk qo’shinini aralashtirmaslik lozim.   Bular qilgan jinoyatlarining badalini  albatta to’laydi” dedi.

Yildirim, 15 iyuldan so’ngra hech bir narsa qadimgisi  kabi bo’lmaydi. Bugun  esa demokratiya bayramidir deb ta’kidladi .

Yurtdoshlarga kunduzlari ishlariga oqshomlari esa maydonlarda navbat tutishga  davom etishga chaqirgan Bosh vazir Yildirim, bularni bartaraf  etilishigacha  bizga uyqu yo’q. Uyqu haram” bo’lsin dedi.

Ushbu harbiy tashabbusi Turkiyada bir narsani ko’rsatdi degan Bosh vazir,

“ U ham, harbiy to’ntarishga  qarshi barcha partiyalar qaysi  nazariyada bo’lsa bo’lsin  bir xil fikrda bo’lishidir.,,  birgalikda hayqirishi  edi. Bu millatning, nomiga,  o’lka nomiga,  mazkur pastkashlarga qarshi partiya farqi nazarda tutmasdan  millatchisi, demokratik, liberali va  har qismdan yurtdoshlarimizga minnatdorchilik bildiraman dedi.

Chunki biz harbiy to’ntaruvchilarga va dunyoga bir narsa aytdik, mana Turkiya  budir, masala mamlakat masalasi bo’lgandan keyin  boshqalari esa   unchalik muhim  emas” deb aytdi.

 

 



Aloqador xabarlar