Turkiya Fransiya hukumati va xalqiga hamdardlik bildirdi

Turkiya Bosh vaziri Binali Yildirim fransuz xalqiga hamdardlik bildirib:“Terrorizm insoniyatga nisbatan jinoyatdir. Terror balosi bu safar kimga va qachon hujum qilishi hech kimga ayon emas”,-dedi.

529801
Turkiya Fransiya hukumati va xalqiga hamdardlik bildirdi

Turkiya Fransiyada sodir bo’lgan terror hujumini qoraladi.

Jumladan, Bosh vazir Binali Yildirim fransuz xalqiga hamdardlik bildirib, “Terrorizm insoniyatga nisbatan jinoyatdir. Terror balosi bu safar kimga va qachon hujum qiladi, bu hech kimga ayon emas”,-dedi.

Fransiyadagi terror hujumini qattiq qoralagan Binali Yildirim xalqaro maydonda terrorizmga qarshi kurash olib borgan barcha davlatlar bilan hamkorlik qilgan Turkiya Fransiya xalqining qayg’usiga sherik ekanini aytdi.

Qolaversa, hujumda halok bo’lganlar uchun ta'ziya bildirar ekan, yaradorlarga shifo tiladi.

Turkiya Bosh vazir o’rinbosari Numan Kurtulmush ham Fransiyadagi qatliomni qattiq qoralaganini bildirib, fransuz xalqining qayg’usiga sherik ekanini tilga oldi.

Prezidentlik kotibi Ibrahim Kalin: “Buni sodir qilgan vahshiylarga dunyoda yer yo’q”,-dedi.

Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavushog’lu tvitter orqali ingliz va turk tillarida Fransiyaga hamdardlik bildirdi.

Fransiyaning Nice shahrida sodir bo’lgan terror hujumini qoralagan Chavushog’lu halok bo’lganlarning yaqinlariga, Fransiya xalqiga va hukumatiga hamdardlik bildirdi.

Mevlut Chavushog’lu: “Dunyoning qayerida sodir bo’lishidan qat’iy nazar, terrorizmga qarshi mushtarak, samimiy, qat’iy va natija olinadigan darajada kurashish darkor. Turkiya sifatida terrorizmga qarshi kurashda Fransiya va barcha hamkor davlatlar bilan birgalikda kurashimizni davom ettiramiz”,-dedi.

Turkiya Tashqi ishlar vazirligi ham yozma bayonotida Fransiyada sodir bo’lgan terror hujumini qattiq qoraladi.

Yozma bayonotda; “Fransiya xalqining qayg’usiga sherikmiz. Turkiya terrorizmga qarshi kurashda Fransiya bilan to’liq hamkorlikka tayyor. Bir yoqadan bosh chiqarib, terroristlarga qarshi kurashimizni davom ettiramiz”.

Yevropa Ittifoqi vaziri O’mer Chelik ham Fransiya xalqini motamga cho’mgan terror hujumini qoraladi.

O’mer Chelik: “Fransiyadagi terror qurbonlarini hurmat bilan yodga olaman. Dunyoning qayerida bo’lishidan qat’iy nazar, terrorizm har doim vahshiydir. Terrorizmga qarshi birdam bo’lishimiz kerak”,-dedi.

Turkiya Moliya vaziri Naji Ag’dal esa, bunday vahshiylikning takrorlanmasligidan umidvor ekanini tilga olib, “Umid qilamanki, butun davlatlar mushtarak tushuncha bilan terrorizmga qarshi kurash olib boradi”,-dedi.

 

 



Aloqador xabarlar