Prezident Rajab Tayyib Erdo’g’an NATO sammiti doirasida ustida to’xtagan dolzarb mavzular...

Prezident Rajab Tayyib Erdo’g’an NATO sammiti doirasida ustida to’xtagan dolzarb mavzular esaterrorga qarshi kurash va Suriyadagi urushdan yuza chiqqan Turkiyaga qarata yo’nalgan  tahdidlarni  kamaytirish uchun olinadigan chora- tadbir  muhokama qilindi.

526391
Prezident Rajab Tayyib Erdo’g’an NATO sammiti doirasida ustida to’xtagan dolzarb mavzular...

Prezident Rajab Tayyib Erdo’g’an NATO sammiti doirasida ustida to’xtagan dolzarb mavzular esaterrorga qarshi kurash va Suriyadagi urushdan yuza chiqqan Turkiyaga qarata yo’nalgan  tahdidlarni  kamaytirish uchun olinadigan chora- tadbir  muhokama qilindi.

Prezident Erdo’g’an, mas’uliyat va yuklarni bahamlashish mavzusini takror tilga oldi. Turkiyaning Suriyadagi urushni yakunlash, qochqin inqirozini yechish, DEASh va o’xshash terror tashkilotiga qarata faol kurashga qarata NATO a’zosi va boshqa  ittifoqdosh o’lkalardan umidlarini ma’lum qildi.

Bundan tashqari terror tashkilotining faoliyatlari kuchli ravishda  ifoda etilar ekan, PKK tahdidi bilan kurash terror tashkiloti DEASh bilan kurash qadar  juda muhim ekanini ma’lum qildi.

Terror tashkilotining Suriyadagi davomlari Turkiyaga   Suriya  sabab bo’lgan xavfsizlik tahdidi borasida ham to’xtadi.

Barcha terror tashkilotlari va tahdidlarga qarshi mushtarak kurash mavzusida imkon va qobiliyatlarni  qanday kuchaytirish mavzulari  ham muhokama qilindi.

Prezident Erdo’g’an, sammit  chog’ida ko’plab rahbar bilan o’zaro uchrashuv ham amalga oshirdi.

Erdo’g’an Angliya  Bosh vaziri David Kameron bilan muloqotida Angliyadagi referendumda olingan Yevropa ittifoqidan chiqish qarori ham ko’rib chiqildi.  

Ingliz xalqining olgan qarorga hurmatini izhor etar ekan,  qaror tufayli xafa ekanini ham tilga oldi.

Erdo’g’an Germaniya  Bosh vazir Angela Merkel bilan uchrashuvida ham Germaniya Parlamentida qabul qilingan Arman loyihasi tufayli, Turkiyaning umidlari puchga chiqdi va mavzudan bezovta ekanlarini takrorladi.

NATO  Bosh kotib  Jens Stoltenberg, Prezident Erdo’g’an bilan qisqa uchrashuvida, Turkiyaning sezgirligining farqida ekanini va ittifoqdoshlar Turkiyaning mudofaasiga yana ko’proq hissa qo’shishlari va o’zlari ham kerakli tashabbusni  qilishlarini  ifoda etdi.

Prezident Erdo’g’an, AQSh Prezidenti Barack Obama bilan qisqa uchrashuvida AQShda  sodir bo’lgan voqealar bilan tegishli ta’ziya va qayg’ularini tila olar ekanini, voqealarning avj olmasligini umid  qilganini Obamaga aytdi.

Sammitda ko’p lider, NATOning janub qanotini  himoya qilgan Turkiyaning terrordan tutib , muhojirlar  mavzusigacha o’z zimmasiga olgan mas’uliyatlar tilga olindi.

 

 



Aloqador xabarlar