Bosh vazir Binali Yildirim Bazrani va Borisov janoblari bilan telefon orqali uchrashuv o’tkazdi.

Bosh vazir Binali Yildirim, Iroq Kurd mintaqaviy boshqaruvi Bosh vaziri Nechirvan Barzani va Bolgariya  Bosh vaziri Boyko Borisov  bilan telefon orqali uchrashuv o’tkazdi.

525982
Bosh vazir Binali Yildirim  Bazrani  va  Borisov janoblari bilan telefon orqali uchrashuv o’tkazdi.

Bosh vazir Binali Yildirim, Iroq Kurd mintaqaviy boshqaruvi Bosh vaziri Nechirvan Barzani va Bolgariya  Bosh vaziri Boyko Borisov  bilan telefon orqali uchrashuv o’tkazdi.

Yildirim, DEASH va PKK bilan bir qatorda, Turkiya bilan Iroqning huzur- halvotini buzgan terror tashkilotlari bilan kurashda hamkorlik qilish majburiy ekanini ma’lum qildi.

Barzani esa, Bosh vazir Yildirimning Ramazon bayramini tabrik etdi, Istanbul aeroportida uyushtirilgan terror hujumi sababli o’z ta’ziyalarini bildirdi.

Barzani, Turkiya bugungacha IKYBning  barqarorligi uchun bergan himoyalari tufayli tashakkur etib, terror bilan kurash mavzusida Turkiya bilan to’liq hamkorlikda va birdamlikda ekanlarini ma’lum qildi.

 

Bosh vazir Yildirim va Barzani,  iqtisodiy, savdo va energiya bilan bir qatorda barcha sohalarda hamkorlikni mustahkamlash uchun birgalikda  sa’y- harakat va hamkorlik mavzusida kelishuvga bordilar.

Bosh vazir Binali Yildirimning, Bolgariya bosh vaziri bilan uchrashuvining kun tartibida esa Bolgariyadagi Turklar edi.

Yildirim,  urug’doshlarning haq-huquqlari va faravonliklarini  himoya qilinishi mavzusida Bolgariya hukumatining ijobiy uslubi o’zaro aloqalarini yana  ham mustahkamlashtiradi deb ma’lum qildi.  

Bosh vazir Borisov ham bu mavzularda qo’lidan kelganini qilishlarini ma’lum qilgan.

Yildirim va Borisov, Turk va Bulg‘ar  rasmiylari o’rtasida transport va savdo bilan bir qatorda keng sohada hamkorlikni yana ilgari saviyalarga olib borish uchun o’zaro sa’y- harakatni davom ettirish xorijiy dushmanligi va haddan tashqari harakatlarga qarshi kurash mavzusida hamkorlikda kelishuvga bordilar.

Borisov, Otaturk aeroportida amalga oshirilgan terror hujumi sababli  o’z ta’ziyalarini  bildirib,  Bolgariyaning terrorga qarshi kurash  mavzusida Turkiya bilan hamkor ekanini  ta’kidladi.

 



Aloqador xabarlar