Turkiyada 1 kunlik motam e’lon qilindi

Istanbul hokimi ma’lum qilishicha, Xalqaro Otaturk aeroportidagi terror hujumida qurbonlar soni 41 nafarga yetgan.

520793
Turkiyada 1 kunlik motam e’lon qilindi

Istanbul hokimi ma’lum qilishicha, Xalqaro Otaturk aeroportidagi terror hujumida qurbonlar soni 41 nafarga yetgan.

Hokimiyatning yozma bayonotiga ko’ra, halok bo’lganlarning 13 nafari chet el millatiga mansub.

Yaralangan 130 kishi shifoxonalarda davolanmoqda.

Ushbu terrorchilik harakati DAISh terror tashkiloti tomonidan sodir qilingani taxmin qilinmoqda.

Kuchli portlashdan so’ng, aeroportda samolyot safarlari butunlay to’xtatildi, soat 22:22da aeroportda takror samolyot safarlariga ruxsat berildi va aeroport xizmat bera boshladi.

Otaturk aeroportida sodir bo’lgan terrorchilik harakatidan so’ng, Istanbulga kelgan turistlar bu voqeadan chuqur iztirobda ekanini va terrorizmga aslo bo’yin egmasligini tilga oldilar.

Bu voqea tufayli Turkiyada 1 kunlik motam e’lon qilindi va bayroqlar yarmiga tushirildi.

Shimoliy Kipr Turk Respublikasi ham Istanbuldagi Xalqaro Otaturk aeroportida sodir bo'lgan terrorchilik harakati tufayli 1 kunlik motam e'lon qildi.

Bosh vazirlik matbuot va jurnalistika boshqarmasi Vazirlar kengashi qaroriga binoan Shimoliy Kipr Turk Respublikasida bayroqlar bugun yarmiga tushirilishini va kun botgunicha yarmiga tushirilgan holda turishini ma'lum qildi. 

 

 

 



Aloqador xabarlar