Turkiyaning Bitlis viloyatida bir askar halok bo'ldi

Viloyatning tog’liq hududlarida terror tashkiloti PKKga qarshi yuritilgan operatsiyada terroristlar tomonidan qo’yilgan qo’lbola portlovchi modda xavfsizlik xodimlari o’tib ketayotgan paytda portlatilgan.

518958
Turkiyaning Bitlis viloyatida bir askar halok bo'ldi

Turkiyaning Bitlis viloyatida terroristlar bilan xavfsizlik xodimlari o’rtasida otishma yuz berdi.

Otishmada 1 askar halok bo’ldi, 2 askar yaralandi.

Viloyatning tog’liq hududlarida terror tashkiloti PKKga qarshi yuritilgan operatsiyada terroristlar tomonidan qo’yilgan qo’lbola portlovchi modda xavfsizlik xodimlari o’tib ketayotgan paytda portlatilgan.

Portlash paytida 1 askar halok bo’ldi, yarador askarlardan birining ahvoli og’ir ekani aytilmoqda.

Yarador askarlar Bitlisdagi shifoxonaga olib kelindi.

Viloyatda harbiy operatsiya kuchaytirildi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #askar , #Bitlis , #operatsiya , #terrorist , #portlash

Aloqador xabarlar